Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

APL tarixidagi eng yaxshi jarima zarbasi ijrochilari: Bekxem, Ronaldu, Anri...

APL tarixidagi eng yaxshi jarima zarbasi ijrochilari: Bekxem, Ronaldu, Anri...

Baho:
+ | -

Jarima zarbalaridan gol urish o‘ziga xos san’at va uni futbolda sanoqli o‘yinchilargina mukammal o‘zlashtira oladi. So‘nggi 30 yillikda, biz APLda ko‘plab ajoyib zarbasi bor futbolchilarni ko‘rdik. Ularning ichida ayrimlari standart vaziyatlar borasida ustasi farang edi. Quyida 1992 yildan hozirga qadar jarima zarbalari borasidagi eng yaxshi ijrochilar nomlari keltiriladi.

9. Ian Xart (10 ta jarima zarbasidan gol)

Faoliyati davomida 85 ta golga mualliflik qilgan Xart, o‘zining "Lids"dagi o‘yinlari bilan mashhur bo‘ladi. Uning jarima zarbalari o‘ziga xos bo‘lgan. So‘nggi yillarida u "Riding" bilan yaxshi davrlarni boshdan o‘tkazdi. Xususan, uning "MYU" darvozasiga urgan goli hali ham muxlislar yodida turibdi.

8. Morten Pedersen (10 ta gol)

"Blekbern" safida klub afsonasiga aylangan futbolchi, doimo standartlarda o‘zini ko‘rsatardi. Norvegiyalik yarim himoyachi APLdagi 34 ta golining 10 tasini jarimadan yo‘llagan.

7. Sebastian Larsson (11 ta gol)

Shvesiya terma jamoasining sobiq vakili "Sanderlend" safida 2011-2017 yillar davomida harakat qiladi. Undan oldin esa, Larsson "Birmingem" va "Arsenal" sharafini himoya qilgan. Uning gollari esa betakror edi.

6. Loran Rober (11 ta gol)

Fransuz futbolchisi doimo omma nazarida bo‘lgan. U "Nyukasl" bilan fantastik gollar urgandi. Uning nomi hozir ham yaxshi xotiralar bilan eslanadi. 11 ta gol APLning bezagi sifatida Roberga shuhrat baxsh etgan.

5. Janfranko Zola (12 ta gol)

1996 yilda "Chelsi" 4.5 million funt evaziga Zola ismli futbolchini sotib oladi. U bu jamoani Angliya kubogida zafar quchishiga yordam beradi. Zolani to‘xtatish juda ham qiyin edi. Ammo u jarima maydoni tashqarisidan, bir nuqtadan to‘pni darvozaga qadashni yaxshiroq eplardi.

4. Krishtianu Ronaldu (12 ta gol)

Vaqt o‘tgani sari Ronalduning jarima zarbalarida aniqlik kamaygan. Ammo u o‘z cho‘qqisida dunyoning eng yaxshilaridan biri edi. Portugaliyalik to‘pni shunda yo‘llar ediki, darvozabonlar chap qanotini eplay olmay qolardi. Xususan, hamma uning "Portsmut" darvozasi tomon yo‘llagan zarbasini haligacha yaxshi eslaydi.

3. Tyerri Anri (12 ta gol)

Uzoqdan zarba berishdan tortib, kombinasion gollarga qadar, Anrining APLdagi gollar repertuari juda ham boydir. Uning zarbasi 12 marta jarimadan golga aylangan. Masalan, fransuzning "Uigan Atletik" darvozasiga yo‘llagan zarbasi hammaning esida bo‘lsa kerak.

2. Jeyms Uord-Provz (17 ta gol)

Jeyms hozirda Yevropaning eng yaxshi jarima zarbalari ustasi sanaladi. Uning uzoqdan urgan gollari bizga olam-olam zavq ulashib kelmoqda. Ayni damga kelib, ingliz futbolchisi hisobida 17 ta jarima zarbalaridan yo‘llangan gol mavjud. Yana bitta bilan u rekordga yetib oladi.

1. Devid Bekxem (18 ta gol)

Yana kim ham bo‘lardi? Hali-hamon APLning eng yaxshi standartlar ustasi sifatida e’tirof etilgan Bekxemning gollari hech kimnikiga o‘xshamaydi. Buni sobiq futbolchining zarbalari mashhurligidan bilsak ham bo‘ladi. "MYU" mana shunday iste’dodga ega edi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 21:26, 22.02.2023.
O'qildi: 2412 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.