Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 0-0 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 1-0 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Markaziy Osiyo derbisiga prevyu. "Paxtakor" - "Qayrat"

Markaziy Osiyo derbisiga prevyu. "Paxtakor" - "Qayrat"

Baho:
+ | -

20 yillik tanaffusdan keyin "Paxtakor" va "Qayrat" yana o‘rtoqlik o‘yinida to‘qnash keladi.

Oxirgi marta rasmiy bellashuvda jamoalar 1990 yil SSSR chempionati birinchi liga doirasida duch kelishgandi. Toshkentdagi bahs 2:1 hisobida "Paxtakor" g‘alabasi bilan yakunlangan. Rifat Galiyev va Igor Shkvirin kiritgan to‘plarga raqibdan Kariyev javob qaytargan. So‘nggi marta o‘rtoqlik o‘yinida 2003 yil Olma-Otada qozoq futbolining 90 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan uchrashuvida "Qayrat" 2:1 hisobida zafar quchgan. Iyul oyida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlardan Tlexugov va Qurbonov, jamoamizdan Kapadze gol urgan.

Oxirgi rasmiy o‘yin protokoli
"PAXTAKOR" - "QAYRAT" - 2:1 (2:0)
1990 yil 4 noyabr. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 13000 tomoshabin.
Hakam: V.Kupryashkin (Moskva).
"Paxtakor": Aleksandr Yanovskiy, No‘’mon Xasanov (Saydullo Tursunov), Vyacheslav Klochkov, Mirjalol Qosimov, Gennadiy Denisov, Ilhom Sharipov, Sergey Bondarenko, Andrey Miklyayev (Vladimir Buntov), Xoren Oganesyan, Igor Shkvirin, Rifat Galiyev.
"Qayrat": Grozdov, Kojabergenov, Ahmedov, Neyshteter, Junenko, Chuxleba (En), Rikov (Aymanov), Salimov, Mixel, Yensenbayev (Kariyev), Klimov.
Gollar: Galiyev, 4 - 1:0. Shkvirin, 27 - 2:0. Kariyev, 74-pen - 2:1.
Foydalanilmagan penalti: Kariyev, 89.

Rasmiy o‘yinlarda jami 60 to‘qnashuv kuzatilgan. 20 uchrashuvda "Paxtakor", 26 bahsda "Qayrat" g‘alaba qozongan. 14 bellashuv durang bilan tugagan. "Sherlar" 70 to‘p kiritgan holda o‘z darvozasidan 81 gol o‘tkazib yuborgan.

O‘zbek va qozoq futboli bayroqdor klublari sanalgan "Paxtakor" va "Qayrat" o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish borasida kelishuvga erishgan. Toshkentdagi bellashuvdan keyin Almatida javob o‘yinini o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan. Oxirgi yillarda klublar o‘rtasidagi aloqalar iliq ko‘rinish oldi. 2019 yil faxriylar o‘rtasida Olma-Otada o‘yin o‘tkazilib, unda 1:1 natijasi qayd etilgan.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 12:17, 24.02.2023.
O'qildi: 2416 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик