Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Stranja-2023. Qozog‘istonliklar kechgan qonli janglar hamda yana 5 nafar bokschimiz yarim finalda

Stranja-2023. Qozog‘istonliklar kechgan qonli janglar hamda yana 5 nafar bokschimiz yarim finalda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha Stranja—2023 musobaqasining beshinchi kungi janglari yakunlandi.

24 fevral kuni 10 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z janglarini o‘tkazdi. Olti nafar O‘zbekiston vakili o‘z janglarini g‘alaba bilan yakunladi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Abdumalik Halakov, Lazizbek Mullajonov, A’loxon Abdullayev va Madiyor Saidrahimov mag‘lubiyatga uchrab, musobaqadagi yurishini to‘xtatdi.

Uch nafar vakilimiz kecha qozog‘istonlik bokschilarga qarshi juda shiddatli janglarni o‘tkazishdi. 2022 yilgi JCHda kumush medalni qo‘lga kiritgan Abdumalik Halakov (57 kg.) uncha tanish bo‘lmagan O‘razbek Asilqulovga qarshi jangda 1:4 hisobida yutqazib qo‘ydi. Aytish mumkinki, raqib kuchli motivasiya ostida jang o‘tkazdi.

75 kg. vaznda A’loxon Abdullayev va Nurkanat Rayis o‘rtasida esa ojing jang bo‘lib o‘tdi. Raqiblar bir-birlarini ayab o‘tirishmadi. Dastlabki 2ta raundda qozog‘istonlik sportchi kichik ustunlikka ega bo‘ldi. A’loxon uchinchi bo‘limda raqibini 2 marta nokdaunga tushirdi. Hamyurtimiz bu ishni yana bir marta takrorlaganida, jangni muddatidan avval yakunlardi. Ammo u bosimni davom ettirmadi va Nurkanatning o‘ziga kelib olishiga imkon berdi. Hisoblarga qarang: 1:4 (28!:28, 28:29, 28:29, 28:28!, 28:28!).

80 kg. vazndagi Jasurbek Yo‘ldoshev va Bekzad Nurdauletov o‘rtasidagi jang esa rosmana qonli bo‘ldi. Hamyurtimiz 2019 yilgi JCH g‘olibiga qarshi mardonavor jang qildi. Ayniqsa, uchinchi raundda Bekzadning yuzidan qonlar oqdi. Hakam esa jang davomida vatandoshimizdan bir emas, ikki marta ochkolarni olib tashladi. Shunga qaramay, Jasurbek yakunda g‘alaba qozondi — 3:2 (28:27, 27:28, 28:27, 26:29, 28:27).

Saidaxon Rahmonova (-48 kg) fransiyalik Gloriya D'Ameydani yengdi (5:0);

Hasanboy Do‘stmatov
(-51 kg) irlandiyalik Sean Marini mag‘lub etdi (5:0);

Abdumalik Halakov (-57 kg) qozog‘istonlik Orazbek Assilkulovga yutqazib qo‘ydi (1:4);

Havasbek Asadullayev (-75 kg) Avstraliya vakili Kallum Pitersni yutdi (5:0);

Ruslan Abdullayev (-63,5 kg) va Ozmen Kerem (Turkiya) jangida raqib jarohat sabab jangni davom ettira olmadi. Ruslan 1/2 finalda;

Mujibillo Tursunov (-63,5 kg) ozarbayjonlik Malik Hasanovdan ustun keldi (4:1);

A’loxon Abdullayev (-75 kg) qozog‘istonlik Nurkanat Rayisga yengildi (1:4);

Lazizbek Mullajonov (-92 kg) braziliyalik Keno Macxadoga mag‘lub bo‘ldi (2:3);

Jasurbek Yo‘ldoshev (-80 kg) qozog‘istonlik Bekzad Nurdauletovni yengdi (3:2);

Madiyor Saidrahimov (-92 kg) Ekvador vakili Xulio Kastilyoga yutqazdi (2:3).

Kiritildi: 05:59, 25.02.2023.
O'qildi: 4794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.