Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Madrid derbisidan so‘ng navbat Londonga keldi

Madrid derbisidan so‘ng navbat Londonga keldi

Baho:
+ | -

"Chelsi" va "Tottenxem" o‘rtasidagi mavsumning birinchi o‘yini Tomas Tuxel va Antonio Konte o‘rtasidagi qo‘l siqish va murabbiylar uchun ikkita qizil kartochka bilan yakunlangan edi. Yakshanba kuni biz ularning ikkalasini ham maydonda ko‘rmaymiz. Hozirda "ko‘klar"ni Grem Potter boshqarayotgan bo‘lsa, Konte operasiyadan keyin Italiyada qolmoqda.

Jamoalarda holat qanday?

“Tottenxem”

Antonio Konte ertaroq qaytishi mumkin edi va Chempionlar ligasida "Milan"ga qarshi 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, "shporlar" bosh murabbiyi yana bir necha haftani shifoxonada o‘tkazishi kerak degan qarorga kelindi.

Kontedan tashqari, “Tottenxem” sardori va asosiy darvozaboni Ugo Lyorissiz qoldi, u jarohat tufayli bir necha haftaga safdan chiqdi. O‘ziga xos yetakchilik bo‘shlig‘i shakllandi va Premyer-liganing so‘nggi turida "Vest Xem" bilan o‘yin oldidan Kontening birinchi yordamchisi Kristian Stellini Devis va Keyn kabi tajribali o‘yinchilardan o‘zlari uchun mas’uliyat hissi bilan o‘ynashni so‘radi.

Stellinining so‘zlari jamoaga ijobiy ta’sir qildi. “Tottenxem” har doimgidek tanaffusdan keyin ham o‘ziga xos tarzda yaxlit o‘yin o‘tkazdi. Aynan ikkinchi bo‘limda Emerson va Son gol urishdi.

Kristian Stellini barqarorlik zarurligi haqida gapiradi. "Tottenxem"ga ham o‘yinda, ham natijalarda bir xillik kerak. “Manchester Siti”ga qarshi ajoyib o‘yindan so‘ng “shporlar” “Lester” bilan duyelda bunchalik omadsizlikka uchraganini ko‘pchilik tasavvur qilmagan bo‘lsa kerak.

Bularning barchasi bilan “Tottenxem” 24 o‘yindan so‘ng APLda to‘rtinchi o‘rinni egallab, kamida bir mavsum vazifasini bajarmoqda. "Shporlar" "Nyukasl", "Brayton", "Liverpul" va "Brentford"dan ko‘ra ko‘proq o‘yinda mag‘lub bo‘lishdi, ammo 13 marta g‘alaba qozonishdi, bu esa chempionatda to‘rtinchi o‘rinda borishga yetarli bo‘lmoqda. E’tiborlisi, “Tottenxem” APLda hali o‘z maydonida birorta ham durang o‘ynamagan (sakkizta g‘alaba, to‘rtta mag‘lubiyat).

Lyorisdan tashqari, Bentankur, Bissuma va Sessenyon “Chelsi”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

“Chelsi”

23-23-23 bu kimdingdir telefon raqami emas, balki "Chelsi"ning chempionatda o‘tkazilgan o‘yinlari, urgan va o‘tkazib yuborgan gollari soni. Grem Potter jamoasi statistik ma’lumotlarga qaraganda chempionatda yoqrin bo‘lishi kerak edi.

Ammo "ko‘klar"ning muxlislarini yuqoridagi o‘ziga xos statistika emas, balki jamoaning natijalari ko‘proq o‘ylantidi. "Chelsi" Premyer-ligadagi so‘nggi 14 uchrashuvning faqat ikkitasida g‘alaba qozongan. Barcha turnirlardagi so‘nggi beshta o‘yinda faqat bitta gol urgan. Bu transferlar uchun 600 million funt sarflagan klub emas, balki autsayderning raqamlaridir.

“Stemford Bridj”dagi tomoshabinlar Potterdan yuz o‘girishdi, chunki uning so‘nggi turda "Sautgempton"dan o‘z uyidagi mag‘lubiyati katta zarba bo‘ldi. "Chelsi" murabbiyi tan olganidek, unga pochta orqali tahdidlar kelmoqda. Ammo muxlislarning doim g‘alaba haqida o‘ylashadi. Ularning oldida Potterning yuzi yorug‘ bo‘lishi uchun jamoa "Tottenxem" va "Lids"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan ikkita o‘yinda g‘alaba qozonishi kerak.

Lekin "Chelsi" g‘alaba qozona oladimi? Klub mavsumi qayta boshlanganidan buyon o‘z maydonida “Bornmut” va “Kristal Pelas”ni mag‘lub etib, bor-yo‘g‘i ikki marta g‘alaba qozondi. Qolgan janglarda - uchta durang, oltita mag‘lubiyat.

"O‘yinchilarga ishoning, klub xodimlariga ishoning, murabbiyga ishoning", - deydi APL tarixidagi eng qimmat futbolchi Enso Fernandes muxlislarga. Umumiy beqarorlik bir qator o‘yinchilarning individual formasiga ham ta’sir qildi, shu jumladan klub tarbiyalanuvchisi Meyson Mauntga, "Chelsi" u bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan.

"Chelsi" bu mavsumni boy bergan bo‘lishi mumkin, ammo yangi jamoani qayta qurish uchun ham ba’zi ijobiy natijalar kerak. "Chelsi"da hali o‘z uslubi va o‘yin g‘oyasi yo‘q, jamoaning salohiyati va natijalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik juda katta.

"Tottenxem"ga qarshi o‘yinda Aspilikueta, Pulishich, Kante, Broya va Mendi jamoaga yordam bera olmaydi.

Raqamlar va faktlar

"Tottenxem" Premyer-ligadagi so‘nggi to‘rtta o‘yinning uchtasida g‘alaba qozongan.

2019 yilda "Tottenxem Hotspur" stadioniga ko‘chib o‘tganidan beri "shporlar" bu yerda "Chelsi"ga Premyer-ligadagi uchta o‘yinda mag‘lub bo‘lishdi.

"Tottenxem" oxirgi marta 2018 yilda APLda "Chelsi"ni mag‘lub etgandi.

"Shporlar" APL doirasida "Chelsi"ga qarshi o‘yinda boshqa raqibga qaraganda ko‘proq gol o‘tkazib yuborgan (110). Ligada va umuman barcha musobaqalarda hech kim “Chelsi”dek “Tottenxem”ni ko‘p yengmagan.

“Chelsi” APLda ketma-ket yettita mehmondagi o‘yinda g‘alaba qozona olmadi (to‘rt durang, uchta mag‘lubiyat).

"Chelsi" 1 noyabrdan buyon 11ta o‘yinda 6ta gol urdi. Bu APLdagi eng yomon natija (“Everton” bilan birgalikda).

Burchakdan gol urish bo‘yicha “Tottenxem” APLda peshqadamlik qilmoqda (11 gol).

Jamoalarning so‘nggi beshta o‘yinda qayd etgan natijalari

“Tottenxem”

19.02 “Vest Xem” 2:0 (APL)
14.02 “Milan” 0:1 (ECHL)
11.02 “Lester” 1:4 (APL)
05.02 “Manchester Siti” 1:0 (APL)
28.01 “Preston Nort End” 3:0 (Angliya kubok)

"Chelsi"

18.02 “Sautgempton” 0:1 (APL)
15.02 “Borussiya” Dortmund 0:1 (ECHL)
11.02 “Vest Xem” 1:1 (APL)
03.02 “Fulxem” 0:0 (APL)
21.01 “Liverpul” 0:0 (APL)

Kiritildi: 13:41, 26.02.2023.
O'qildi: 1492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.