Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo kubogi-2023 bugun start oladi

O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo kubogi-2023 bugun start oladi

Baho:
+1 | -1

O‘zbekiston mezbonligida o‘tadigan U-20 Osiyo kubogi-2023 musobaqasi 1 mart, chorshanba kuni start oladi. Mintaqaning 16 ta jamoasi ishtirokida o‘tadigan musobaqa uchrashuvlariga Toshkentdagi “Bunyodkor”, “JAR”, “Lokomotiv” va Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionlari mezbonlik qiladi.

Reglament haqida
Har birida to‘rttadan jamoaga ega to‘rtta guruhda dastlabki ikki o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar 1/4 finalga yo‘l oladi. Yarim final yo‘llanmasiga ega chiqqan to‘rt terma jamoasi 2023 yilning may—iyun oylarida Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan U-20 Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

"A" guruhida birinchi o‘rinni olgan jamoa chorak finalda "B" guruhidagi ikkinchi o‘rin egasi bilan o‘ynaydi. "A" guruhining ikkinchi jamoasi "B" guruhi g‘olibi bilan bahs olib boradi. "C" va "D" guruhlarida ham xuddi shu tizim amalda bo‘ladi.

Agar Indoneziya yoshlar jamoasi mazkur turnirda yarim finalgacha yetib borsa, chorak finalda yutqazgan jamoalar o‘rtasida mini-turnir tashkil etiladi va JCHga beriladigan yana bir yo‘llanma egasi aniqlanadi.

O‘zbekistonning yo‘li

Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi jamoa A guruhida Suriya, Iroq va Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi. Guruh masalasi hal etilsa, chorak finalda Qatar, Avstraliya, Vyetnam yoki Eron jamoalaridan biri ro‘baro‘ keladi.

O‘zbekiston U-20 terma jamoasining taqvimi:

O‘zbekiston — Suriya
1 mart, 19:00 (“Bunyodkor”, Toshkent)

Iroq — O‘zbekiston
4 mart, 19:00 (“Bunyodkor”, Toshkent)

O‘zbekiston — Indoneziya
7 mart, 19:00 (“Istiqlol”, Farg‘ona)

Guruh bosqichi ishtirokchilari

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:28, 01.03.2023.
O'qildi: 13834 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.