Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Ravshan Haydarov: «Abbos Fayzullayev — biz uchun muhim futbolchi»

Ravshan Haydarov: «Abbos Fayzullayev — biz uchun muhim futbolchi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Suriyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarning savollariga javob berib o‘tdi.

Bugungi uchrashuv haqida:
— Avvalambor, barchani futbol bayrami boshlangani bilan tabriklayman. Stadionga kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga minnatdorchiligimni bildiraman. Bugungi uchrashuvga kelsak, o‘yin qiyin kechdi. Biz buni kutgandik va bunga tayyorlangandik. Endilikda shu ruhda ishlashda davom etishimiz kerak.

Uchrashuvdagi bosim:
— Bilasiz, birinchi o‘yinlar har doim qiyin kechgan. Bundan tashqari, yoshlarimiz asta-sekinlik bilan bunday bosimga ko‘nikib bormoqdalar. Bu yoshda bosim bo‘lishi tabiiy. Ko‘plab muxlislar qarshisida o‘ynashning ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bo‘ladi.

O‘yin davomida ko‘plab vaziyatlarimiz bo‘ldi, standartlar ham ko‘p bo‘ldi. Biroq ularni yakunlashda biroz qiyinchilikka duch keldik. Endilikda bosqichma-bosqich o‘yinimizni yanada yaxshilash ustida ishlab boramiz.

Raqib haqida:
— Raqiblarimiz ham bugun ajoyib o‘yin ko‘rsatdilar. Ular yakka kurashlarda ishonchli o‘ynadilar.

Abbos Fayzullayev haqida:
— Abbos biz uchun muhim futbolchilarimizdan. U qanday o‘ynash kerakligini va vaziyatlardan foydalanishni yaxshi biladi. Bugun ham jamoamizning muhim goliga mualliflik qildi. Almashtirishga kelsak, o‘yin oxiriga kelib, biz uni almashtirishga qaror qildik. Bu shunchaki biroz charchoq bilan bog‘liq, hech qanday jarohatlar yo‘q. U hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Iroq bilan bo‘ladigan keyingi o‘yin haqida:
— Uchrashuvimizni tahlil qilamiz va keyingi o‘yinga tayyorgarlikni bugundanoq boshlaymiz.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 07:49, 02.03.2023.
O'qildi: 3013 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.