Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/01 00:45 Verona 0-0 Udineze
05/01 16:30 Monsa 1-2 Kalyari
05/01 19:00 Fulhem 2-2 Ipsvich
05/01 19:00 Lechche 0-0 Jenoa
05/01 21:30 Liverpul 2-2 Man. Yunayted
05/01 22:00 Torino 0-0 Parma
06/01 00:45 Roma 2-0 Lasio
07/01 01:00 Vulverhempton - Nottingem Forest

IBA boks bo‘yicha JCHga boykot qilgan federasiyalar rahbarlariga nisbatan intizomiy ish ochdi

IBA boks bo‘yicha JCHga boykot qilgan federasiyalar rahbarlariga nisbatan intizomiy ish ochdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro boks assosiasiyasining (IBA) etika bo‘yicha mustaqil bo‘linmasi (BIIU) ba’zi mamlakatlarning sport mutasaddilari tomonidan IBA nizomi hamda intizom axloq kodeksini buzganligi haqidagi shikoyatni ko‘rib chiqishni boshladi, deya xabar beradi assosiasiya rasmiy sayti.
 
Gap boks bo‘yicha Jahon Chempionatlarini boykot qilishga chaqiriqlar va ayrim mamlakat sportchilarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokini taqiqlashlar haqida ketmoqda. Qayd etib o‘tish joiz, ayollar o‘rtasidagi Jahon Chempionati 15—31 mart kunlari Hindistonda, erkaklar o‘rtasidagi Jahon Chempionati 1—14 may kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

Quyidagi milliy federasiyalar rahbarlariga nisbatan intizomiy ish ochilgan: Mayk Makeyti (AQSH), Rayan O‘shi (Kanada), Mark Shimak (Chexiya), Pyer-Aksel Syoxolm (Shvesiya) va Stiv Hartli (Yangi Zelandiya). Shuningdek, BIIU boshqa federasiyalar rahbarlarining ham musobaqalarni boykot qilishdagi rolini tekshiradi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Shvetsiya, Irlandiya, Chexiya va Kanada boks federasiyalari Hindiston (ayollar o‘rtasida) va O‘zbekistonda (erkaklar o‘rtasida) bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Jahon Chempionatiga boykot e’lon qilgani xabar qilingandi. Keyinchalik Ukraina va Norvegiya ham ularga qo‘shilgan.

Xalqaro boks assosiasiyasi joriy yil Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi va Toshkentda o‘tkaziladigan erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati Olimpiada lisenziyalarini taqdim etishini ma’lum qilgandi.

BIIU barcha axloqiy va intizom masalalar (shu jumladan, manfaatlar to‘qnashuvi) bilan shug‘ullanish, saylovga nomzodlar haqida ma’lumotlarni tekshirish, o‘qitish va rivojlantirish xizmatlarini ko‘rsatish uchun 2022 yilda tashkil etilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:04, 02.03.2023.
O'qildi: 1700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.