Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Yevropada yangi yulduz! Jahon chempionatidan so‘ng Adeyemining faoliyati keskin o‘zgardi

Yevropada yangi yulduz! Jahon chempionatidan so‘ng Adeyemining faoliyati keskin o‘zgardi

Baho:
+ | -

Nihoyat Karim Bundesligada o‘ynab keta oldi! Ammo burilish nuatasi qayer bo‘ldi?

Karim Adeyemi gazetalarning birinchi sahifalarida. 21 yoshli forvard qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda gol urdi. Karim 36,7 km/soat tezlikka erishdi va Bundesliga tarixidagi rekordini yangiladi. Aqlbovar qilmaydigan natijalar.

Hammasi achinarli boshlandi. Adeyemi yozda "Borussiya" tarixidagi eng qimmat to‘rtinchi xaridiga aylandi - 30 million yevro. Hujumchi shunga yarasha o‘ynashi kutilgandi, ammo hammasi teskari ketdi: omadsiz start, keyin jarohat. Natijada, JCH-2022 boshlanishi arafasida, futbolchi jamoaga biroz moslashdi. Ammo baribir Adeyemi o‘ziga o‘xshamas edi.

Karim jahon chempionatiga eng omadsiz transfer qilingan futbolchilardan biri maqomida bordi va butun turnirni zaxirada o‘tkazdi. Ammo keyin u o‘zgara boshladi. Adeyemi formaga tushdi, muhim epizodlarni hal qila boshladi va hamma ham qila olmaydigan vaziyatlarda ham gol ura boshladi. Ko‘p narsa o‘zgargani sezildi: jamoadagi rol, kayfiyat.

Edin Terzich Adeyemiga erkinlik berdi

“Borussiya” mavsum boshlanishidan oldin hujumda asosiy o‘yinchisi Allerni yo‘qotdi. Unga kutilmaganda saraton tashxisi qo‘yildi. Bu murabbiyning dastlabki rejasiga ta’sir qildi. Mavsumning birinchi yarmida Terzich hujumkor guruhdagi qolgan o‘yinchilarni aralashtirib, rollarini o‘zgartirdi va eng yaxshi kombinasiyani topishga harakat qildi. Malen, Adeyemi va Mukoko chapda, o‘ngda, markazda o‘ynashlari mumkin ed. Kim qayerda qulayroq bo‘lishini yoki, ehtimol, kimdir asosiy tarkibga umuman mos kelmasligini tushunish qoldi. Bu topishmoqni Edin Terzich asta-sekin yechdi.

Shunday qilib, Mukoko, Modest, Malen va Adeyemi oldinga o‘tishdi; Bellingem hujumchi ostida barqaror o‘ynadi, qanotlarda esa tanlov juda katta edi. Bosh murabbiy Karimni faqat o‘ng tomonda ko‘rdi.

Asosiy muammo shu edi. Adeemi juda tez o‘yinchi, u doimo erkinlik va zarba berish imkoniyatini qidiradi. O‘ng qanotda Karimga na bo‘sh joy, na qochish imkoniyati, na markazga o‘tish imkoniyati paydo bo‘ldi. O‘ng qanotda o‘ynash o‘ng oyoq futbolchi uchun noqulay edi. Nemis hujumlarni rivojlantirishga yordam berdi. Ammo bu uning roli emas edi.

Jahon chempionatidan so‘ng, Aller tarkibga qaytib keldi va o‘yin qayta tiklandi: Adeemi chapga ketdi, o‘ng qanot esa Brandtga berildi. Chapda Karim ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ldi: Dortmunddagi bu qanot ancha erkin o‘ynaydi.

Ammo Karimning ham xizmatlarini ham kamsitmaslik kerak. U ligaga ko‘nikdi, moslashish muammosini hal qildi, sheriklar bilan chiqishib ketish yo‘lini topdi. Faqat bitta noxush jihat bor, bu mavsumda Adeemi 3 ta jarohat tufayli 37 kunni o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 22:21, 03.03.2023.
O'qildi: 2053 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.