Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Bundesligada quvlashmachoq davom etadi. «Borussiya» markaziy bahsda «Leypsig»ni mag‘lub etdi hamda yana birinchi o‘ringa ko‘tarildi

Bundesligada quvlashmachoq davom etadi. «Borussiya» markaziy bahsda «Leypsig»ni mag‘lub etdi hamda yana birinchi o‘ringa ko‘tarildi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» jamoasi Germaniya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan bahsda «Leypsig»ni mag‘lub etdi – 2:1. Uchrashuv «Signal Iduna Park» stadionida bo‘lib o‘tdi.

13-daqiqada Yulian Brandt hisobni ochdi, ammo gol VAR tomonidan bekor qilindi, chunki to‘pga qo‘l bilan o‘ynalgan edi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida dortmundliklar sardori Marko Roys penaltini golga aylantirgan bo‘lsa, tanaffusgacha Emre Jan jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘limda mehmonlar hisobni bittaga qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘yinda boshqa gol kiritilmadi.

Shu tariqa, «Borussiya Dortmund» 49 ochko to‘pladi va turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi, ammo «Bavariya»da hali bitta zaxira o‘yini bor. «Leypsig» 42 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Gollar: 1:0 – 21, penalti Roys, 2:0 – 39 Djan, 2:1 – 74 Forsberg.

Borussiya D – Mayer, Zyule, Shlotterbek, Ryuerson, Brandt (Xummels, 83), Roys (Bayno-Gittens, 73), Djan, Ozdjan (Daud, 83), Bellingem, Volf, Aller (Modest, 72).

RB Leypsig – Blasvix, Xenrixs, Orban (Simakan, 72), Gvardiol, Xalstenberg (Raum, 61), Shlager, Aydara (Kampl, 84), Soboslai, Forsberg, Andre Silva (Poulsen, 72), Nkunku (Verner, 84).

Ogohlantirishlar: Nkunku (15), Aydara (17), Ozdjan (29), Xalstenberg (38), Andre Silva (45), Xenrixs (52), Brandt (55).

Kiritildi: 02:47, 04.03.2023.
O'qildi: 1691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик