Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Neytral nigoh — kasalni yashirgandan foyda yo‘q

Neytral nigoh — kasalni yashirgandan foyda yo‘q

Baho:
+ | -

Uchrashuv yakunlangach har bir murabbiy yoki futbolchida u kim bo‘lishidan qat’i nazar o‘yin haqida sub’ektiv fikrini bildirish huquqi mavjud. Ya’ni, xoh hakamning adolatsiz qarorlari, xoh maydonning salbiy sifati yoki bo‘lmasa tashkiliy masalalar haqida gap ketar ekan haqoratomuz ohangda aytilmasa bo‘lgani. Fikr bildirish murabbiyning o‘sha kasb doirasidan kelib chiqib shaxsiy imkoniyati aslida.

Xalqaro turnirlarda rioya qilinuvchi barcha uchun umumiy mazmundagi qonun-qoidalarni har bir mamlakat o‘zidagi mavjud balans hamda tizgindan kelib chiqib o‘zgartirishi ham mumkin. Bu normal holat. Bizdagi futbol qatlamining aksar qismida hakamlar va futbol rasmiylariga nisbatan o‘ta ham salbiy mafkura hukmron. Ichki chempionat bahslarida murabbiylarning referilar bo‘yicha e’tirozlari agar asosli bo‘lsa, yozma bayonot shaklida ko‘rib chiqiladi, unda ham bu narsalarga OAV hamda muxlislar oldida jar solinavermaydi. Bizda futbol rasmiylarining obro‘sizlantirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi va bu juda ham yaxshi.

Tojikiston murabbiyining intervyusiga keladigan bo‘lsak, u o‘z huquqidan foydalandi xolos. Neytral ko‘z bilan qaralsa, uning ham gaplarida jon bor. «O‘zining sun’iy maydonlaridan xabar olsin, mashhur anjumanlarda ham suv qo‘yilmaganku» qabilida fikrlash ancha bachaka hamda bahona xolos.

Qo‘shnilarimiz bilan bo‘ladigan doimiy raqobat hamda turli tortishuvlar o‘z yo‘liga, umuman boshqa masala. Haqiqiy futbolni sevuvchi mamlakatga mayda gaplar yarashmaydi va ular juda ham kichik detallargacha e’tiborli bo‘ladi. Aks holda kamchiliklarimiz darvoza to‘rlarimizdagi tirqishdan kattaroq oqimda sizib chiqaveradi. Fikrlarning noo‘rin inqilobi zararimizga ishlashi tayin.

Musobaqa yomon o‘tmayapti. Yaxshi kayfiyatda tugaydi ham albatta.

 

Yusufbek Saydaliyev

Kiritildi: 06:09, 04.03.2023.
O'qildi: 2610 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.