Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Kecha bo‘lib o‘tgan APL o‘yinlarining barchasida maydon egalari g‘alaba qozondi

Kecha bo‘lib o‘tgan APL o‘yinlarining barchasida maydon egalari g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Kecha, 4 mart shanba kuni Angliya Premyer-ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlar mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. OPTA futbol statistiklarining fikricha, bu 2000 yil 28 oktyabrdan keyin turnir tarixida kunning yetti yoki undan ortiq o‘yinida maydon egalari g‘alaba qozongan ikkinchi kundir.

Eslatib o‘tamiz, kecha kun "Manchester Siti"ning "Nyukasl" ustidan qozonilgan g‘alabasi (2:0) bilan boshlandi, shundan so‘ng "Brayton" "Vest Xem" (4:0), "Vulverxempton" "Tottenxem" (1:0), "Sautgempton" "Lester" (1:0), “Aston Villa” “Kristal Pelas” (1:0), “Chelsi” “Lids” (1:0) hamda “Arsenal” “Bornmut” (3:2) ustidan zafar quchdi.

Kiritildi: 01:21, 05.03.2023.
O'qildi: 1040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик