Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

APL. «Liverpul» - «MYU» o‘yinidan keyingi raqam va faktlar

APL. «Liverpul» - «MYU» o‘yinidan keyingi raqam va faktlar

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan bahsda “Liverpul” “Manchester Yunayted” ustidan 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mersisaydliklar “qizil iblislar” bilan o‘zaro o‘yinlarning so‘nggi 5 tasidan 4 tasida zafar quchdi. Shundan 3 ta o‘yinda Yurgen Klopp shogirdlari yirik hisobda g‘alaba qozongan: 2022 yil aprel oyida (4:0) va 2021 yil oktyabr oyida (5:0).

Shuningdek, “qizillar” APLdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 5 taga yetkazdi. So‘nggi 5 ta o‘yinning 4 tasida g‘alaba va bittasida durang natija qayd etgan. To‘plar nisbati — 13:0.

Muhammad Saloh “Liverpul”ning APLdagi gollari bo‘yicha to‘purarga aylandi. Misrlik futbolchi mersisaydliklar safida APLdagi gollarini 129 taga yetkazdi va jamoa afsonasi Ronni Faulerning rekordini yangiladi. Saloh Premyer liga doirasida “Manchester Yunayted”ga urilgan gollar bo‘yicha Alan Shirerga yetib oldi. Ikkala futbolchi ham mankunianliklar darvozasiga 10 tadan gol urgan.

“Manchester Yunayted” APLda 4-bor 0:7 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Shu vaqtga qadar Manchester klubi 3 marta 0:7 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. 1926 yilda “Blekbern”, 1930 yilda “Aston Villa” va 1931 yilda “Vulverhempton” “Manchester Yunayted” darvozasiga javobsiz 7 ta gol urgan.

“Liverpul”ga qarshi o‘yindan so‘ng Erik ten Hag shogirdlarining 11 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasi o‘z yakuniga yetdi. “Manchester Yunayted” so‘nggi bor 22 yanvar kuni “Arsenal”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Undan keyin 9 ta g‘alaba va 2 ta durang natija qayd etgan.

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi:

“Gap-so‘zga hojat yo‘q. Fantastik o‘yin bo‘ldi. Yaxshi formada bo‘lib turgan jamoaga qarshi top-futbol ko‘rsatdik. Ikkinchi bo‘limni yaxshi boshladik, yakun esa yomon bo‘lmadi. Bu futbol, unda shunday voqealar bo‘lib turadi.

Ushbu g‘alaba biz xohlagan turtkini berdi. U bizni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Biz hamon joyimizda turganimizni barcha bilishi lozim. Oldinda 13 ta o‘yin bor”.

“Manchester Yunayted” ustozi ten Hag esa jamoa o‘yinidan norozi bo‘ldi:

“Ikkinchi bo‘limda o‘ynagan biz emas edik. Bu bizning standartlarga to‘g‘ri kelmaydi. Jamoa sifatida yaxshi o‘yin ko‘rsatmadik. Jahlim chiqdimi? Albatta!

Hayron qoldim, chunki so‘nggi haftalarda jamoa g‘alabaga chanqoqligini namoyish etgandi. Ikkinchi bo‘limda g‘oliblik kayfiyati yo‘q edi yigitlarda. O‘z ishimizni bajarmadik.

Afsus, bu haqiqat. Uni qabul qilishimiz kerak”.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:50, 06.03.2023.
O'qildi: 3030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.