Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Suares, Jerrard, Saloh — «Liverpul»ning «gol mashina»larini yodga olamiz

Suares, Jerrard, Saloh — «Liverpul»ning «gol mashina»larini yodga olamiz

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning «Manchester Yunayted» bilan kechgan bahsi butun futbol axborot maydonini oyoqqa turgazdi.

Darhol turli xil rekord va statistikalar ro‘yxati paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, «Liverpul» yaqinda Angliya Premyer-ligasi tarixida (1992 yildan beri) ikki mingta gol urgan uchinchi jamoaga aylandi. Quyida «qizillar» tarixidagi eng sermahsul 10 ta hujumchini eslaymiz.

10. Daniel Starrij (50 gol)

Ko‘plab jarohatlariga qaramay, Starrij hamon «Liverpul»ning Premyer-ligadagi eng yaxshi to‘purarlari qatorida turibdi. Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi uchun «qizillar»dagi eng yaxshi mavsum 2013/14 yilgi mavsum bo‘lgan, o‘shanda Starrij 29 uchrashuvda 21 ta gol urgan. Ammo Brendan Rojers shogirdlari chempionlik uchun kurashda g‘alaba qozona olmadi.

9. Dirk Kyuyt (51 gol)

Ajoyib ijro va fidoyilik bo‘yicha u muxlislar orasida muayyan ramzga aylandi. Ammo bu mehnatkash va fidoyi gollandiyalik markaz hujumchisi rolini o‘ynamagan bo‘lsa ham, gollar borasida maqtana oladi. Kyuyt bir mavsumda 13 tadan ko‘p gol ura olmagan, ammo u «Liverpul»da olti yilni o‘tkazdi. 2008/09 yilgi mavsumda Rafael Benites boshchiligida Kyuyt liganing barcha 38 o‘yinini o‘tkazdi, o‘shanda «Liverpul» ikkinchi o‘rinni egallagandi.

8. Fernando Torres (65 gol)

Torres «Enfild»ga katta umidlar bilan 2007 yilning yozida kelgandi. U Yevropada eng ko‘p tilga olingan yosh hujumchilardan biri edi. Ispaniyalik esa bu umidlarni oqladi. Birinchi mavsumida u Premyer-ligada 24 ta gol urgan, keyinchalik esa bor-yo‘g‘i 102 ta o‘yinda 65 ta gol urishning uddasidan chiqqan. 2011 yil yanvar oyida esa «Chelsi»ga ketgan. 

7. Luis Suares (69 gol)

Suares «Liverpul» safida Premyer-ligada 110 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo klub tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Qizig‘i shundaki, urugvaylik futbolchi maydonga tushgan APLdagi so‘nggi 66 o‘yinda jamoa 69 ta gol urgan bo‘lsa, shulardan 51 tasi Luisga tegishli. Xususan, to‘purar 2013/14 yilgi mavsumda «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritdi va o‘shanda Premyer-ligada 38 o‘yinlik mavsumda 30 gollik dovondan o‘tgan olti futbolchidan biriga aylandi.

6. Roberto Firmino (79 gol)

«Liverpul»ning zamonaviy davriga o‘tamiz. Tinib tinchimas Firmino o‘tgan mavsumda «Uotford»ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etganida «qizillar» safida gollar bo‘yicha Suaresdan o‘tib ketdi. Bundan tashqari, u Premyer-ligada bir nechta xet-trik qayd etgan birinchi braziliyalik bo‘ldi. 2018 yilning dekabrida «Arsenal»ga qarshi o‘yinda ham u ushbu vazifani uddalagandi. «Manchester Yunayted»ning so‘nggi tarixiy mag‘lubiyatida Firmino bitta gol urdi.

5. Sadio Mane (90 gol)

Senegallik kuchli beshlikni yopmoqda. Mane baquvvat, tezkor, shiddatli va hujumkor futboli bilan Yurgen Kloppning «Liverpul»dagi davri timsollaridan biri bo‘lib qoladi. 2018/19 yilgi mavsumda u «Oltin butsa»ni Saloh va Obameyang bilan bo‘lishdi. Yana shuni ham unutmaslik kerakki, Mane «Sautgempton» safida ham Premyer-ligada o‘ynagan va u yerda 21 ta gol urgan, ya’ni APLdagi yuzlik gol dovonidan o‘tgan.

4. Maykl Ouen (118 ta gol)

Agar Ouenning karyerasini xavf ostiga qo‘ygan sondan olgan jarohati takrorlanmaganida, u bu reytingda birinchi raqamga aylanishi mumkin edi. Ammo Mayklga afsonaviy bo‘lish kerak emas. U Premyer-ligada 100 ta gol urgan eng yosh futbolchi bo‘lib qolmoqda. Ouen 23 yoshu 134 kunligida, 2003 yilning aprel oyida «Vest Bromvich» darvozasiga to‘rtta gol urganida (6:0) bu to‘siqni bosib o‘tgan.

3. Stiven Jerrard (120 ta gol)

 

Ushbu reytingdagi yagona forvard. Garchi Jerrard ushbu gollarning muhim qismini penaltilar yoki jarima zarbalari orqali kiritgan bo‘lsada, bu uning «Liverpul» tarixiga qo‘shgan hissasini kamaytirmaydi. Muxlislar uning «Olimpiakos» yoki «Milan»ga urgan gollarini yaxshiroq eslashlari mumkin, ammo «Everton»ga qarshi derbida (3:0) qayd etilgan Premyer-liga tarixidagi 400-xet-trikni hech qayerdan o‘chirib bo‘lmaydi.

2. Robbi Fauler (128 gol)

1990 yillarning eng kuchli hujumchilaridan biri, agar uning 1993 yildan 2001 yilgacha bo‘lgan muddat hisobga olinsa, u Jerrard bilan o‘z o‘rnini bo‘lishishi mumkin edi. Bu davrda u ligada 120 ta gol urdi. Ammo 2006 yilda «qizillar»ga qisqa vaqt qaytdi va shu vaqt ichida u yana sakkizta gol urdi. Shu tufayli 2023 yilning martigacha Fauler «Liverpul»ning Premyer-ligadagi eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi.

1. Muhammad Saloh (129 gol)

Bu mavsumda Salohning o‘ziga o‘xshamayotgani, charchaganini ko‘p marta eshitdingiz. Ammo «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yin bir muddat bo‘lsa ham, tanqidchilarning ovozini o‘chiradi. Saloh bu o‘yinda ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Albatta, Muhammad Klopp davridagi «Liverpul»ning asosiy shaxsiga aylandi. Bu qandaydir go‘zal davr. Saloh o‘tgan mavsumda Son Xyon Min bilan «Oltin butsa»ni bo‘lishib olgandi. Ma’lum bo‘lishicha, misrlikning uchta shunday mukofoti bor. Bu borada Xarri Keyn va Alan Shirerda bir xil ko‘rsatkich, Tyerri Anrida esa to‘rtta shunaqa sovrin mavjud. Saloh Mane va Drogba bilan birga APLda 100 dan ortiq gol urgan yagona afrikalik futbolchiga aylangan. Yuqoridagi raqamlar qatoriga uning «Chelsi» safidagi yana ikkita golini ham unutmaymiz.

Kiritildi: 10:24, 07.03.2023.
O'qildi: 1564 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.