Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Paredes Messi haqida fikr bildirdi

Paredes Messi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Leandro Paredes nima uchun Lionel Messi Argentina terma jamoasida qulayroq bo‘lganini aytdi.

"Biz Leoni o‘z poydevoridan olib tashladik va unga o‘zimizdan biridek munosabatda bo‘la boshladik. U o‘zini juda qulay his qildi.

Bu jamoaning o‘sishi uchun muhim vaziyatga aylandi. Bu bizda mavjud bo‘lgan eng muhim narsa. Shu tufayli biz ko‘plab yutuqlarga erishdik. Bu murabbiyning katta xizmatlari. Argentina terma jamoasida nafaqat ajoyib futbolchilar, balki ajoyib insonlar ham bor", - dedi "Yuventus" yarim himoyachisi.

Shuningdek, Paredes Argentinaning JCH-2022dagi g‘alabasi haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi va Messi bilan bir jamoada g‘alaba qozonish u uchun nimani anglatishini aytib berdi.

"Bu har bir bolaning orzusi, men ham uning yonida bunga erishdim. Bu aql bovar qilmaydigan narsa" - dedi Paredes.

Gonsalo Montyel JCH-2022 finalida Fransiyaga qarshi o‘yinda g‘alaba qozongan penaltini aniq amalga oshirganida, Paredes Messining yonida edi. Ular tiz cho‘kib, quchoqlashdi.

"Bu qanday sharaf. Men unga jahon chempioni bo‘ldik, deb baqirdim, u barchamizga rahmat aytdi. U: "Men sizlarni yaxshi ko‘raman" - dedi.

Men o‘zimni uning do‘stidek his qilish va u bilan ko‘p muloqot qilish baxtiga muyassar bo‘ldim. Biz terma jamoada va klubda, futboldan tashqarida ham ko‘p narsalarni boshdan kechirdik. Bizda juda ko‘p umumiy xotiralar borligi juda yoqimli" - dedi Paredes.

Kiritildi: 15:23, 07.03.2023.
O'qildi: 1413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик