Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Denis Korostichenko: «Barcha jamoalar guruhdan chiqish uchun o‘ynashadi. Biz ham shuning uchun kurashamiz»

Denis Korostichenko: «Barcha jamoalar guruhdan chiqish uchun o‘ynashadi. Biz ham shuning uchun kurashamiz»

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» bosh murabbiyi Denis Korostichenko Coca Cola O‘zbekiston Kubogi-2023 guruh bosqichidagi raqiblar borasida fikrlarini bildirdi.

«Qur’a yaxshi bo‘ldi. Yaxshi guruhga tushdik. «Qizilqum» kuchli raqib, «Dinamo» va «Zomin» ham sifatli jamoalar. Qur’aga ko‘ra, dastlabki o‘yinni o‘z maydonimizda o‘tkazishimiz yaxshi holat. Dastlab «Zomin»ni qabul qilamiz. Ushbu bahsga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘ramiz. Navbatdagi safar o‘yinlari ham oson bo‘lmaydi: «Qizilqum» va «Dinamo» o‘z maydonida kuchli o‘yin namoyish qiladi.

Menimcha, guruhda oson o‘yinning o‘zi bo‘lmasa kerak. Barcha jamoalar guruhdan chiqish uchun o‘ynashadi. Biz ham shuning uchun kurashamiz. Xudo xohlasa, kubok bahslarida oxirgi uchrashuvga borishga harakat qilamiz. Bu mavsumda o‘tgan yilgi xatolarni takrorlashni istamaymiz. Maqsadlar yuqori, shu sababli barchani xayron qoldirishga harakat qilamiz», - dedi Denis Korostichenko.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 14:24, 09.03.2023.
O'qildi: 1117 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик