Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Ravshan Haydarov: «Ertangi raqib uchun maxsus rejam bor»

Ravshan Haydarov: «Ertangi raqib uchun maxsus rejam bor»

Baho:
+1 | -

Ertadan U20 Osiyo kubogining chorak final bahslari start oladi. Bugun terma jamoamiz murabbiyi Ravshan Haydarov uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Bu bosqichga yetib kelgan barcha jamoalarni tabriklayman. Barcha uchun muhim palla boshlandi. Bu yoshdagi futbolchilar Jahon chempionatiga chiqishni juda ham xohlashadi. Barcha shogirdlarim o‘yin ahamiyatini his qilib turibdi. Ertaga borimizni berib harakat qilamiz.

Barcha miqyosdagi jamoalarimizda hujumchilar muammosi har doim mavjud bo‘lib kelgan. Ular juda ham ko‘p emas. Biroq Po‘latxo‘jaga ko‘proq imkon berishimning sababi - uning yetarlicha tajribasida. Faqat hujumchilarga qarab qolmaganmiz. Boshqa pozisiyadagilar ham hujumga chiqishadi.

Murabbiylar shtabimizda yoshlar bilan ishlash tajribasi yetarli. Bu avlodga ham katta foydamiz tegadi deb o‘ylayman. Ular o‘sish jarayonida. Yoshlar uchun Jahon chempionati eng muhim turnir hisoblanadi. Ular shundan so‘ng ulg‘ayadi. Ertangi raqib uchun maxsus rejam bor, o‘yinchilar borasida ham muammomiz yo‘q. Sovuqqonlik bilan yondashish juda ham muhim», dedi — Ravshan Haydarov.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:29, 10.03.2023.
O'qildi: 2792 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.