Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 00:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl

Iordaniya U20 ustozi: «Yaponiyadan qolishadigan joyimiz yo‘q»

Iordaniya U20 ustozi: «Yaponiyadan qolishadigan joyimiz yo‘q»

Baho:
+ | -

Bugundan U20 Osiyo kubogining chorak final bahslari start oladi. Ertangi bahslar uchun Iordaniya terma jamoasi ustozi Islam Al Diabat uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Kuchli sakkiztalikka kirganimizdan xursandman. Chorak final bilangina kifoyalanmoqchi emasmiz. Jahon chempionatiga chiqishni maqsad qilganmiz. Xalqimizni yaxshi natija bilan xushnud etishga umid qilaman.

Birinchi bahsda qizil olgan o‘yinchimiz qaytdi. Raqib haqida hurmat saqlayman. Tarkib borasida muammo bo‘lmaydi. Faqat bir futbolchiga suyanib qolmaymiz, albatta.

Yaponiyadan qolishadigan joyimiz yo‘q. Ularda bor jismoniy va ruhiy holat bizda ham yetarli. Bizda Iordaniya qoni oqmoqda va ertangi bahs hech qanaqasiga ortiqcha bosim yuklamaydi», — dedi murabbiy.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:30, 11.03.2023.
O'qildi: 1484 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик