Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Ro‘ziqul Berdiyev: Qarshiga kelgan jamoalar tempni tushirishga harakat qiladi

Ro‘ziqul Berdiyev: Qarshiga kelgan jamoalar tempni tushirishga harakat qiladi

Baho:
+ | -

Superliga 2-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Turon” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Qarshiga kelgan jamoalar ko‘proq himoyalanib, vaqtni cho‘zish orqali tempni tushirishga harakat qilmoqda. Ikkinchi bo‘limda ishtiyoqni oshirdik va shuning evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdik. Har doim shunday o‘ynashga harakat qilyapmiz, lekin raqiblarning tempni tushirishga bo‘lgan urinishlari sabab bizga qiyin bo‘lmoqda.

Sidiqov katta hajmdagi ishni bajarmoqda. Bellashuv so‘nggida uzun paslar bilan o‘ynadik va shu sabab uni zaxiraga oldim. Abdurahimov jarohatidan to‘liq tiklanmagani sabab qaydnomadan o‘rin olmadi. Yetakchi futbolchilarning ketganligi baribir o‘z so‘zini aytmoqda. Qolaversa, Stanoyevich va Limaning yo‘qligi ham standart vaziyatlarda juda sezilyapti. Bahrom va Kruz tez orada safga qaytadi. Markoning qaytishini esa yana 1-2 oy kutamiz.

Muhammadjon Rahimov Tojikiston chempionatidan kelib qo‘shildi. Albatta, bunda liganing saviyasida katta farq bor. Unga ozgina vaqt kerak bo‘ladi”, – dedi Berdiyev.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 22:31, 12.03.2023.
O'qildi: 1881 marta.
Fikrlar: 33 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик