Kirish Ro'yxatdan o'tish

Murod Otajonov: "Natijalarga bosh murabbiy sifatida men javob beraman"

Murod Otajonov: "Natijalarga bosh murabbiy sifatida men javob beraman"

Baho:
+ | -

Superliganing 2-turidan o‘rin olgan OKMK – “Bunyodkor” (2:3) uchrashuvidan so‘ng toshkentliklar bosh murabbiyi Murod Otajonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“OKMK OCHLda ishtirok etadigan jamoa. Tarkibida terma jamoaga nomzod, tajribali futbolchilar to‘p tepadi. Bahs yaxshi o‘tdi, kutilmagan voqeliklarga boy bo‘ldi. Jamoamizdagi yosh futbolchilarning kelajagi porloq. Bahs so‘nggida Sultonovni maydonga tushirdik va u uchinchi golda assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. O‘tgan turda esa zaxiradan tushib, gol kiritgan edi. Yoshlarga imkoniyat berishda davom etamiz.

Sultonov 90 daqiqa o‘ynashga tayyor emas. Shu sabab uni zaxiradan maydonga tushiryapmiz. Balki to‘g‘ri qilayotgandirmiz, balk yo‘q. U bizning “sehrli qurolimiz”.

Barcha murabbiylar bilan maslahatlashib ish ko‘ramiz. Yuriy Sarkisyanning fikrlari bilan ham qiziqamiz. Natijalarga esa bosh murabbiy sifatida men javob beraman”, – dedi Otajonov.

Kiritildi: 22:08, 13.03.2023.
O'qildi: 1798 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик