Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich terma bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Dalich boshqaruvida Xorvatiya 2018-yilgi Jahon chempionatida 2-o‘rinni, 2022-yilgi JCHda esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.