Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

"Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi

"Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvning 19-daqiqasida mezbonlar jarima maydoni ichida mehmonlarning 21-raqamli futbolchisi to‘p uchun kurashda maydonga yiqiladi. Biroq ushbu vaziyatda o‘yin qoidasi buzilmagan edi. Hakam ushbu vaziyatda o‘yinni davom ettirishi kerak edi.

Shuningdek, uchrashuvning 71-daqiqasida mezbonlarning 88-raqamli futbolchisi mehmon jamoa muxlislariga qarata tosh uloqtiradi. Futbolchining ushbu harakatlari qizil kartochkaga loyiq edi. Hakam bu vaziyatda "Paxtakor" futbolchisini sportga xos bo‘lmagan harakatlari uchun maydondan chetlashtirishi kerak edi.

Bundan tashqari, uchrashuvning 90+3-daqiqasida mezbonlar jarima maydonchasi ichida "Paxtakor"ning 88-raqamli va "Navbahor"ning 22-raqamli futbolchilari to‘p uchun kurashgan vaqtda to‘p mezbonlar himoyachisining qo‘liga tegadi. Ushbu holatda ikkala futbolchi ham to‘p uchun kurashayotgan bo‘lgan va bu kabi holatlarda to‘pning qo‘lga tegishi qoida buzilishi sifatida qayd etilmaydi. Hakam ushbu vaziyatda o‘yinni davom ettirishi kerak edi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan uchrashuv hakamlari harakatlari yuzasidan chora ko‘rilishi uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Hakamlar qo‘mitasiga taqdimnoma kiritilganini ma’lum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bellashuvni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borgandi.

Kiritildi: 17:06, 23.03.2023.
O'qildi: 5271 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик