Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Van Persi: "Reshford ayni paytda faoliyatidagi eng yaxshi formada"

Van Persi: "Reshford ayni paytda faoliyatidagi eng yaxshi formada"

Baho:
+ | -

Robin van Persining fikricha, Markus Reshford faoliyatidagi eng yaxshi formada.

"Ko‘ryapsizmi, u, ehtimol, faoliyatidagi eng yaxshi formada. Markus o‘yiniga qaraganda, u jismonan sog‘lom va diqqatini jamlagan ko‘rinadi.

Markus zavqlanayotganga o‘xshaydi. Uning missiyasi bor. Yoshligidanoq hamma uning naqadar yaxshi ekanligini bilar edi, chunki u asosiy jamoaga erta yo‘l olgan. Lekin hozir hammasi joyida ekanini ko‘ryapmiz va bu nafaqat uning, balki murabbiy va jamoadoshlarining ham xizmatlari.

Masalan, uning Brunu Fernandesh bilan aloqasiga nazar tashlasangiz, bu o‘ziga xos narsa. Faoliyat davomida bunday aloqa faqat bir nechta o‘yinchilar bilan sodir bo‘ladi. U tobora yaxshilanmoqda. Reshford o‘sib bormoqda, u o‘ziga ishonadi. U bilan deyarli har bir o‘yinda kimga qarshi bo‘lishidan qat’i nazar, u gol urishini yoki natijani hal qilishini bilasiz.

Muxlislar nuqtai nazaridan, uni tomosha qilish ham ajoyib, chunki u biz har hafta, har uch yoki to‘rt kunda ko‘rishni istagan Reshford. U katta quvonch keltiradi", - dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi.

Joriy mavsumda Reshford "Manchester Yunayted" safida barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi.

Kiritildi: 22:11, 23.03.2023.
O'qildi: 1045 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.