"Liverpul" himoyachisi Ibrahim Konate jurnalistlarning kim yaxshiroq - uning jamoadoshi Virjil van Deykmi yoki fransiyalik jamoadoshi Deotshankyul Upamekanomi degan savoliga javob berdi.
"Bu nima savol? Siz ularni bir-biri bilan taqqoslay olmaysiz. Upamekano bilan biz bir toifadamiz va aytishim kerakki, u juda kuchli futbolchi. Ammo van Deyk - men uni boshqa sayyoraga yuborgan bo‘lardim.
Biz hali u erishgan yutuqlardan uzoqmiz. Garchi bir kun kelib ularning oldiga kelishimizga shubham yo‘q. Uning maydonda o‘zgacha aurasi bor, buni doim his qilish mumkin. U bilan birga o‘ynash ajoyib imkoniyat. Ammo men ham bor e’tiborimni faoliyatimga qaratishim va unga doim muxlis sifatida qaramasligim kerak", – dedi Konate Bayern&Germany bilan suhbatda.