Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Kilian Mbappening Niderlandiyaga qarshi o‘yiniga izoh berdi.
“Uch ranglilar” saralash guruhidagi asosiy raqibini yirik hisobda mag‘lub etishdi (4:0), yangi sardor esa ikkita gol va bir golli uzatmani amalga oshirdi.
“Sardorlik bog‘ichi Kilianga ta’sir qilmaydi. U o‘yinga ishtiyoqli va futboldan zavqlanadi. Butun jamoa kabi u ham bor kuchini ishga solmoqda va bugun ko‘p muvaffaqiyatlarga erishdi. Uning uchun asosiysi jamoaning g‘alabasi”, — dedi Desham L'Equipe nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasining barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 38 ta gol bilan beshinchi o‘rindan joy oldi.