Xugo Larssonning transferi o‘z mamlakati uchun rekord bo‘lishi mumkin.
Skandinaviya mamlakatlari eng yaxshi chempionatlarni o‘z iqtidorlari bilan boyitib bormoqda: Martin Edegor va Erling Xolandning bu mavsumdagi o‘yinlari bunga yaqqol misol! Shvesiyaning ham o‘z zumradlari bor: Deyan Kulushevki, Aleksandr Isak va Entoni Elanga o‘sha Angliyada o‘ynashadi. Ammo malmyolik 18 yoshli Xugo Larsson allaqachon ikki bop Premyer-liga klublariga o‘tishdan bosh tortgan. U kim va unda qanday fazilatlar bor - bu materialda tanishib chiqamiz.
Xugo Larsson - u haqida nimani bilishingiz kerak?
U markaziy yarim himoyachi pozisiyasida o‘ynaydi, lekin tayanch zonasiga yaqinroq harakat qiladi. CIES (Xalqaro Sport tadqiqotlari markazi) yaqinda uni hatto sayyoramizning 21 yoshgacha bo‘lgan eng istiqbolli 10 nafar futbolchisi qatoriga kiritdi.
U tayanch zonasida o‘ynash uchun hamma narsaga ega: u tezkor, texnikasi kuchli, bo‘ydor (187 sm), qisqa (87% aniq) va uzoq (65%) masofalarga ajoyib uzatmalarni beradi, o‘z vaqtida to‘pdan qutulishni ham biladi. O‘tgan mavsum Xugo uchun professional faoliyatidagi debyut bo‘ldi. Lekin u shunchalik yaxshi taassurot qoldirdiki, u Shvesiya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisiga aylandi va shundan so‘ng u Shvesiya terma jamoasida ham debyut qildi.
Qizig‘i shundaki, Larsson faoliyatini hujumchi pozisiyasida boshlagan: avvaliga sof hujumchi, keyin esa qanot vingeri. Murabbiylarning fikricha, u zo‘r edi va ko‘p gol urardi. Bolalar o‘rtasidagi turnirlaridagi harakatlaridan so‘ng uni "Chelsi" va "Bolton" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘ldi, ammo futbolchi "Malmyo" akademiyasida qolishni tanladi.
Aynan Shvesiya klubi tarkibida u asta-sekin markazga o‘tkazildi, chunki Larsson tengdoshlariga qaraganda sekinroq o‘sardi, shu sababli uning hujumdagi ko‘rsatkichlar pasaydi. Bunday aqlli futbolchi yarim himoyada o‘ynashi kerak, degan qarorga kelindi.
Akademiyada Xugo U16 jamoasida uzoq vaqt o‘ynadi va murabbiylar uni foyda keltirishiga ishontirishdi. Va shunday bo‘ldi: shundan keyin u U19 tarkibiga, olti oydan so‘ng esa "Malmyo" kattalar jamoasida debyut qildi.
Ingliz klublariga rad javobi
2021 yilda Xugo yana "Chelsi" e’tiborini tortdi. U Belgiyadagi yoshlar o‘rtasidagi turnirda londonliklar bilan o‘ynab, gol urdi va skautlarni hayratga soldi. Ammo u yana transferdan bosh tortdi. U hatto nega bunday qarorga kelganini tushuntirdi.
"Chelsi" ga muvaffaqiyatsiz o‘tish haqida: “Chelsi”ga o‘tishimga hali erta. Rivojlanishni uyda, "Malmyo"da davom ettirish yaxshiroq samara beradi", - dedi.
O‘tgan qishda yarim himoyachiga yana bir APL klubi taklif bilan chiqdi. Bu safar "Bornmut" yarim himoyachi uchun 12 million yevro taklif qildi. Klub Xugoni "Bornmut"ga sotishga rozi bo‘ldi, biroq ingliz klubi uni keyin "Loryan"ga ijaraga bermoqchi edi. Ammo shved yana rad etdi.
U "Bornmut"ga muvaffaqiyatsiz transferi haqida shunday deydi: "Loryan" karyeramni davom ettirish uchun juda mos variant emas. To‘g‘ridan-to‘g‘ri "Bornmut"ga transfer esa juda katta qadam"
Ertami-kechmi Xugo top chempionatda to‘p suradi. Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, ko‘plab gigantlar futbolchining rivojlanishini kuzatib bormoqda va bu transfer Shvesiya klublari uchun rekord bo‘lishi mumkin.