Angliya terma jamoasi va «Tottenxem»ning sobiq yarim himoyachisi Denni Myorfi Xarri Keynning kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Hujumchining «shporlar» bilan shartnomasi 2024 yilda yakuniga yetadi. Mish-mishlarga ko‘ra, u kelasi yozdayoq klubni tark etishi mumkin.
«Hozir uning qolish yoki ketish niyati yo‘q, deb o‘ylamayman - hammasi takliflarga bog‘liq bo‘ladi. «Manchester Siti»da Xoland, «Liverpul»da Nunyes bor, «Arsenal» yoki «Chelsi»ga o‘tish uning «Tottenxem»dagi muxlislari obro‘siga putur yetkazishi mumkin.
Chet el ligasiga o‘tish Shirerning Premyer-ligadagi gollar rekordini xavf ostiga qo‘yadi. Menimcha, bularning barchasini inobatga olgan holda, «Manchester Yunayted»ga o‘tish mumkin bo‘lgan eng real variantdir», - deya Myorfining so‘zlarini keltiradi MailSport.