Futbol jamoaviy o‘yin sifatida har doim ham adolatli bo‘lavermaydi. Ba’zi o‘yinchilar faoliyati davomida eng yuqori saviyada o‘ynashadi va tarixda iz qoldirishadi, lekin ular sovrinsiz qolishadi, boshqalari esa, aksincha, bir echa daqiqaga maydonga tushib, mukofotlar to‘plamiga ega bo‘lishadi.
Xarri Keyn, "Tottenxem"
Angliyaning so‘nggi 10 yildagi asosiy hujumchisi har mavsumda Premyer-ligadagi to‘purarlar poygasi yetakchilaridan biri. Keyn butun faoliyati davomida "Tottenxem"da o‘ynab, birorta ham sovrin yutmagan. Londonliklarning so‘nggi unvoni 2008 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda "Tottenxem" Liga kubogini qo‘lga kiritdi va Xarri u paytda atigi 14 yoshda edi.
Shu bilan birga, Keynni sovrinlardan yiroq deyish mumkin emas. “Tottenxem” bilan Chempionlar ligasi va liga kubogi finalida o‘ynadi, Premyer-ligada ikkinchi o‘rinni egalladi, Angliya terma jamoasi bilan esa jahon chempionatining yarim finaliga va Yevrodagi hal qiluvchi o‘yinga qadar yetib bordi. Har safar Xarrini mag‘lubiyat kutardi. Hozir Keyn 29 yoshda va unvonlar uchun hali ham imkoniyati bor. Ammo har yili ular kamayib boraveradi.
Dimitri Payet, “Marsel”
So‘nggi o‘n yillikdagi yana bir yevropalik futbolchi ham kuboklarga yeta olmayapti. Klublar miqyosida Payetning imkoniyatlari kam edi - u "Nant", "Sent-Eten", "Lill" va "Vest Xem"da o‘ynadi va hozirda "Marsel" ranglarini himoya qilmoqda. Shu vaqt ichida Dimitri faqat bir marta chempionlikka yaqinlashdi, 2018 yilda u hozirgi jamoasi bilan Yevropa Ligasi finaliga yo‘l oldi. Bu dramatik o‘yin bo‘lib chiqdi: Payet jarohat oldi, "Marsel" esa "Atletiko"da 0:3 hisobida yengildi.
Payet ham Keyn kabi terma jamoa bilan kubokni qo‘lga kiritishga yaqin edi. 2016 yilda Fransiya o‘z uyida Yevroda finalga chiqdi, biroq qo‘shimcha daqiqalarda urilgan gol tufayli Portugaliyaga mag‘lub bo‘ldi. G‘olib bo‘lgan jahon chempionatida esa Dimitriy terma jamoa arizasida yo‘q edi.
Antonio Di Natale, faoliyatini tugatgan
Di Natale futbolchi sifatida hech narsa yutmadi. A Seriyadagi eng yorqin hujumchilardan biri 90-yillarda boshlangan va 2000 va 2010-yillarda cho‘qqiga chiqqan. Di Natale faoliyatining ko‘p qismida kamtarona "Udineze"ga sodiq bo‘lib, u yerda faqat shaxsiy yutuqlari bilan maqtana olardi. Chunonchi, u ikki marta Italiya chempionatining eng yaxshi to‘purari (2010, 2011) va bir marta mamlakatning eng yaxshi futbolchisi (2010) deb e’tirof etilgan.
Di Natale 2002 yildan 2012 yilgacha vaqti-vaqti bilan chaqirilgan Italiya terma jamoasi bilan muvaffaqiyat qozonishi mumkin edi. Ammo jamoa bu davrda Antoniosiz yagona sovrinni qo‘lga kiritdi va 2006 yilda jahon chempioni bo‘ldi. Natijada, Di Natale Yevro-2008da o‘ynadi, u Ispaniya bilan chorak final bahsida penaltini aniq amalga oshira olmadi. Yevro-2012da milliy terma jamoa yana ispanlarga mag‘lub bo‘ldi.
Erik Lamela, “Sevilya”
Lamela ro‘yxatdagi oldingi o‘yinchilardan saviyasi pastroq, ammo baribir Angliyadagi o‘yini bilan mashhur. Bir muammo bor: Keyn kabi Erik ham “Tottenxem”da o‘ynagan. Lamela o‘zi tug‘ilib o‘sgan River Pleyt shahrida oltin medalni qo‘lga kiritishi mumkin edi, u yerda faoliyatini boshlagan, ammo 2008 yilda Klausurada g‘alaba qozona olmadi, chunki u jamoada 2009 yilda debyut qilgan. Hozir esa Lamela "Sevilya"da o‘ynaydi. Ispaniya klubi kuboklar kabinetini tez-tez to‘ldiradi, ammo Erik kelganidan so‘ng hammasi o‘zgardi. Ayni damda jamoa Ispaniya chempionatida umuman jon saqlab qolish uchun kurashmoqda.
Luidji Di Byadjo,faoliyatini tugatgan
Di Byadjo 90-yillarda yarim himoyada ajoyib o‘ynadi va ko‘plab A Seriya muxlislari xotirasida qoldi. Luiji "Lasio"da o‘ynay boshlagan, so‘ngra “Monza”, Roma, Inter va “Breshiya” klublarida o‘ynagan.
Di Byadjo 1998 yildan 2002 yilgacha Italiya terma jamoasiga chaqirilgan. Va aynan shu davr o‘rtalarida u katta kubokdan bir qadam uzoqda edi. Jamoa Yevro-2000 finaliga chiqdi va Fransiyaga yutqazdi. Italiyaliklar hisobda oldinda bo‘lishdi, asosiy vaqtda hisob tenglashgach, qo‘shimcha bo‘limlarda David Trezege oltin golni urgan.