Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Diyor Imomxo‘jayev O‘zbekiston U20 terma jamoasining bugungi mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi

Diyor Imomxo‘jayev O‘zbekiston U20 terma jamoasining bugungi mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston U20 terma jamoasi bugun Rossiya yoshlariga imkoniyatni boy berdi — 0:2.

Bellashuvga nisbatan ayrim futbol muxlislarining reaksiyalari salbiy, buni tushunish mumkin. Biroq ayrim faktorlarni ham ko‘zdan qochirmaslik kerak:

— har qanday katta g‘alabadan keyingi tezkor o‘rtoqlik o‘yini uchun motivasiya topish juda qiyin masala, aytaylik, bizning yigitlar allaqachon mundial havosi bilan yashashga o‘tdi va katta g‘alaba ta’siridan to‘la chiqib ulgurmadi;

— qit’a chempionligini qo‘lga kiritgan optimal tarkib bugungi o‘yinda ishtirok etgani yo‘q, ayrim yetakchi futbolchilar xorijdagi o‘z klublari ixtiyoriga jo‘nab ketgan;

— murabbiy bugun aralash tarkibni sinab ko‘rdi va to‘g‘ri qildi, siz bilgan Abboslar ham zaxiradan o‘yinga qo‘shildi;

— bugun terma jamoamiz ko‘nikkani kabi muxlis to‘la stadionda to‘p surgani yo‘q, juda katta atmosferadan keyinoq huvillagan stadionga chiqib kelish oson kechmaydi, murabbiylar endi jamoani mana shunga ko‘niktirishi kerak. Chunki Osiyo kubogidagi g‘alabaning kamida teng yarmi muxlislarniki, yigitlarga ular har kimdan ko‘ra ko‘proq motivasiya bera olishdi.

Hozir hammasini bir boshdan boshlash kerak bo‘ladi. Asosiy yigitlar o‘z klubiga juda zarur, bir qancha muddatdan keyin ular yana terma jamoa uchun yonishni boshlaydi.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 20:30, 28.03.2023.
O'qildi: 3327 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.