Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Manchester Yunayted"ning ayni damdagi futbolchilari qanchaga baholanmoqda?

"Manchester Yunayted"ning ayni damdagi futbolchilari qanchaga baholanmoqda?

Baho:
+ | -

Shubhasizki, "MYU" Yevropa qit’asidagi eng qimmat tarkibga ega jamoalardan biri hisoblanadi. Biz esa klub futbolchilarining ayni damdagi bozor narxiga qarab, ularning ro‘yxatini tuzdik. Jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag qimmatbaho futbolchilardan qanday foydalanishni yaxshi biladi. Hozir "qizil iblislar" turnir jadvalida uchinchi o‘rinni band etib turibdi.

Niderlandiyalik mutaxassis talabi bilan yozda jamoaga Kazemiro, Lisandro Martines, Antoni va Kristian Eriksenlar olib kelindi. Shundan keyin, jamoa asta-sekinlik bilan inqirozlarni yengib o‘ta boshladi. "MYU" joriy mavsumda, allaqachon Angliya liga kubogiga ega chiqdi. Endigi navbat Yevropa ligasi va mamlakat kubogiga.
Markus Reshford hozirgi tarkibning eng yorqin futbolchisi bo‘lib turibdi. Turgan gapki, uning narxi ancha yuqori bo‘ladi. 25 yoshli hujumchi hozirga qadar barcha musobaqalarda 27 ta golga mualliflik qildi. Reshfordning amaldagi bitimi 2024 yilda yakuniga yetadi. Yangi shartnoma borasida har-xil xabarlar kezmoqda.

Erik ten Xag fevral oyida Reshford haqida shunday fikrlar bildirib o‘tgandi: "Albatta, biz uchun Reshford masalasi juda ham muhim. Uni jamoada olib qolmoqchimiz. Bu boradagi ishlar allaqachon boshlangan. Sizlardan sabrli bo‘lishingizni so‘rardim. Orqa fonda biz qattiq ishlayapmiz. O‘z hujumchimizni jamoada saqlab qolishimiz shart. O‘ylashimcha, jamoa yaxshi pog‘onada. Reshford ham bundan xursand. Uning sport formasi tiklandi. Buni saqlab qolish uchun qattiq harakat qilish lozim. Birinchi marta Reshford bilan uchrashganimda unga "men seni tabassumingni ko‘rishni istayman" deb aytgandim. Hozir aynan shunday bo‘lmoqda. Reshford xursand va butun jamoa undan mamnun. Kiyinish xonasidagi muhit futbolchilarning o‘yinini belgilab beradi. Shunday ekan, u yerda faqat shodlik bo‘lishi shart".

Quyida "Transfermarkt" portali ma’lumotlaridan foydalangan holda, "MYU"ning hozirgi futbolchilari narxlarini keltirib o‘tamiz.

1. Markus Reshford – 70.31 million
2. Brunu Fernandesh – 65.92 million
3. Antoni – 61.52 million
4. Jeydon Sancho – 48.34 million
5. Kazemiro – 43.95 million
6. Lisandro Martines – 43.95 million
7. Rafael Varan – 35.16 million
8. Lyuk Shou – 30.76 million
9. Diyegu Dalot – 30.76 million
10. Kristian Eriksen – 21.97 million
11. Xarri Maguayr – 21.97 million
12. Skott Maktominey – 21.97 million
13. Antoni Elanga – 21.97 million
14. Alexandro Garnacho – 21. 97 million
15. Tayrell Malasiya – 19.34 million
16. Eron Van-Bissaka – 19.34 million
17. Marsel Zabiser – 17. 58 million
18. Fred – 17.58 million
19. Donni van de Bek – 14.94 million
20. David De Xea – 13.18 million
21. Entoni Marsyal – 13.18 million
22. Viktor Lindelyof – 13.18 million
23. Vaut Vegxorst – 12.30 million
24. Brendon Uilyams – 8.79 million
25. Fakundo Pellistri – 2.64 million
26. Fil Jons – 1.76 million
27. Tenden Mengi – 1.76 million
28. Jek Batlend – 1.32 million
29. Zidan Iqbal – 703 ming
30. Tom Xiton – 527 ming.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 12:55, 30.03.2023.
O'qildi: 2880 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.