Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Milan 1-1 Roma
30/12 22:30 Komo 2-0 Lechche
31/12 00:45 Bolonya - Verona
31/12 00:45 Ipsvich - Chelsi
31/12 00:45 Aston Villa - Brayton
31/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl

Klublar futboli qaytmoqda. Ushbu haftada bo‘lib o‘tadigan 5ta super o‘yin

Klublar futboli qaytmoqda. Ushbu haftada bo‘lib o‘tadigan 5ta super o‘yin

Baho:
+ | -

Ayrim muxlislar uchun klublar futboli terma jamoalarning o‘yinlaridan qiziqarliroq hisoblanadi. Ikki haftalik tanaffusdan so‘ng yana klublar futboli, ichki chempionatlar qaytishi futbol ishqibozlarini jursand qilishi tayin. Agar o‘sha kutilgan vaqtdan so‘ng qiziqarli o‘yinlar bizni kutib turgan bo‘lsa, bunda muxlislar ikki qara quvonishi aniq. quyida esa hafta oxirida bizni kutayotgan eng qiziqarli o‘yinlar anonsi bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

 "Atletiko" - "Betis". 2 apreldan 3 aprelga o‘tar kechasi 00:00 

Ispaniya Primerosida yuqori pog‘onalar uchun kurashayotgan jmoalar o‘rtasidagi to‘qnashuv albatta qiziqarli bo‘lib o‘tadi. Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish uchun kurashayotgan "Betis" hozirda turnir jadvalida 5 pog‘onada bormoqda va ushbu o‘yinda ularga g‘alaba zarur. Mezbonlar esa 3 ochkoni qo‘lga kiritsa, 3 pog‘onada mustahkam joylashib olishadi. Shunday ekan, ushbu bahs so‘zsiz La liganing ushbu turdagi murkaziy o‘yini bo‘lib qoladi. 

"Napoli" - "Milan". 2 aprel 23:45

 Juda uzoq tanaffusdan keyin "Napoli" Italiya A Seriyasida chempion bo‘lishga juda yaqin va ushbu turdagi g‘alaba ularni bunga yanada yaqinlashtiradi. Ammo yo‘qotiladigan ochkoning qiymati neapolliklar uchun unalik qimmat emas. Ammo ularning raqibi "Milan"ga mehmondagi g‘alaba juda zarur. Sababi "Rossenori" hozirda turnir jadvalida 4-pog‘onada ketmoqda va mag‘lubiyat klubni kuchli 5likdan ham tushirib yuborishi mumkin. Chempionlar ligasi uchun yo‘llanma olishga kurashadigan jamoa bu turda g‘alaba qozonmasa, o‘z ahvolini qiyinlashtirib qo‘yadi. 

"Nyukasl" - "Manchester Yunayted". 2 aprel 20:30 

So‘zsiz ushbu bahs APLning tur o‘yini bo‘lishi mumkin edi. Ammo bir to‘qnashuv tur o‘yini nominasiyasini o‘ziga og‘dirib oldi. U haqida keyinroq to‘xtalamiz. Kuchli to‘rtlik uchun bahs olib borayotgan "Nyukasl" bu turda "MYU"ni o‘z uyida qabul qiladi. Ikki jamoa ham g‘alaba uchun maydonga tushishi shubhasiz. Ushbu mavsumda himoyasi bilan maqtana olayotgan "zag‘izg‘onlar" Reshfordni to‘xtatib qolishni eplarmikin? Bu APL va unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Ammo shunisi aniqqi ushbu o‘yinga qiziqish juda ham katta. 

"Manchester Siti" - "Liverpul". 1 aprel 16:30 

Chempionlik uchun kurashayotgan Gvardiola shogirdlari har bir uchrashuvda maksimal ochko to‘plshga intilishlari tushunarli. Shu bilan birga Kloppda ham jiddiy maqsadlar bor. Ular APLda kuchli to‘rtlikka kirishga va CHL uchun yo‘llanma olishga intilishlari aniq. Va bu yo‘lda yo‘qotilgan har bir ochko oltinga teng. Angliya klassikosiga aylanib ulgugan to‘qnashuvda jamoalar qanday holatda ekanligi qiziq emas. Shunchaki, kuchsiz bo‘lib ham 3 ochko olib ketishi mumkin. 

"Bavariya" - "Borussiya D". 1 aprel 21:30 

"Der Klassiker" "El Klasiko"dan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan eng katta to‘qnashuv bo‘lsa kerak. Ammo bu safar hammasi boshqacha, chunki Bundesligadagi intrigadan kelib chiqsak, ushbu o‘yin chempion nomini ham aniqlashtirib berishi tabiiy. To‘g‘ri, hali oldinda 10 tur bor. Ammo ushbu bahsda Dortmundliklar g‘alaba qozonsa, asosiy ta’qibchilaridan 4ochkoga ildamlab ketadi va keyin ularni quvib o‘tish Tuxel jamoasi uchun qiyin bo‘ladi. "Bavariya" esa "kuraj"ni ushlab olsa, mavsumniing qolgan qismini g‘alaba bilan yakunlashga qodir.   

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:38, 30.03.2023.
O'qildi: 5964 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz