Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

"Manchester Siti" va "Liverpul" jangi: Gvardiola "Arsenal" bilan masofani qisqartirmoqchi, ammo Klopp jamoasining o‘z maqsadlari bor (prevyu)

"Manchester Siti" va "Liverpul" jangi: Gvardiola "Arsenal" bilan masofani qisqartirmoqchi, ammo Klopp jamoasining o‘z maqsadlari bor (prevyu)

Baho:
+ | -

29-turning markaziy bahsi "Manchester Siti" va "Liverpul" o‘rtasida o‘tkaziladi.* Ha, bu o‘yin balki eng qadimiy qarama-qarshilik emasdir. Balki bu bahs, Angliyadagi eng ashaddiy jang emasdir. Ammo bir narsa aniqki, bu jamoalar o‘rtasidagi jang doimo ayovsiz kechadi. Ushbu juftlik kurashi yaqin yillar ichida rivojlandi. Yaqin mavsumlarda aynan Gvardiola va Klopp chempionlik uchun qattiq kurash olib bormoqda. Taxminan 2018 yildan beri Angliyada faqatgina ikkita chempionlik uchun da’vogar klub bor edi. Ular "Manchester Siti" va "Liverpul"dir. Biroq, bu yildan hammasi o‘zgardi. Ayni paytda "Liverpul" chempionlik poygasidan chiqqan. Boshqa tomonda "Manchester Siti" ham turnir yetakchisi emas. 2022-23 yilgi mavsumda chempionlik uchun mutlaqo yangi da’vogar paydo bo‘ldi: Gvardiolaning shogirdi Mikel Arteta "Arsenal"ni APL peshqadamiga aylantirdi. Shunday ekan, hozir na "shaharliklar" va na "mersisaydliklar" o‘zlari istagan o‘rinda emas.

"Liverpul" uchun yagona umid, bundan keyin faqatgina kuchli to‘rtlik bo‘ladi. Negaki, bu jamoa hozirga qadar barcha kubok bahslari va YECHL musobaqasidan chiqib ketdi. Shunday ekan, barcha e’tibor top-4 o‘rinlariga qaratiladi. Ammo bu ish oson bo‘lmasligi aniq. Negaki, yevrokuboklar uchun kurash har yilgidan ham qizg‘in tus olmoqda. Xususan, ayni damda, dastlabki 11 ta jamoaning kamida 7 tasi, hech bo‘lmaganda yettinchi o‘rinni egallash uchun kurashadi. Albatta, bu yerda "Liverpul", eng avvalo YECHL yo‘llanmasi uchun kurashadi. Shunga qaramay, jamoa yakunda Yevropa ligasi yoki Konferensiyalar ligasiga yo‘l olishi mumkin. Chunki "MYU", "Tottenxem", "Nyukasl" va "Brayton" yaxshi pozisiyalarda ketmoqda. Qolaversa, ancha ortda borayotgan "Chelsi" ham nimalargadir ulgurib qolishga intiladi. Harxolda, ularda bu uchun hamma narsa yetarli. Shunday ekan, bundan keyin Yurgen Klopp va uning jamoasi uchun har bir o‘yin kubok finaliga teng bo‘ladi. 2020-21 yilgi mavsum oxirini bir eslang. O‘shanda ham "Liverpul" hozirgi kabi ahvolda qolgandi. Ammo "Vest Brom" bilan o‘yinda Alisson Beker ham gol urib, jamoasiga YECHL yo‘llanmasini taqdim etishga hissa qo‘shadi. Shunday qilib, "Liverpul"ning missiyasini aniq qilib oldik. Biroq, "Manchester Siti"-chi? Ular nima uchun kurashmoqda?

Xo‘sh, Mikel Arteta ustozi Gvardiola hozirda "Arsenal"ni jiddiy kuzatib turibdi. Uning shogirdi boshchiligidagi jamoa "Manchester Siti"dan 8 ochko oldinda bormoqda. To‘g‘ri, "shaharliklar"da bitta o‘yin zaxirasi mavjud. Shuningdek, ikki yetakchi jamoa, mavsum tugashidan oldin yana bir bor to‘qnash keladi. U yerda 3 ochko uchun emas, 6 ochko uchun kurash kechadi. Gvardiola zaxiradagi o‘yinda va o‘zaro hisob-kitobda g‘alaba qozonsa, oradagi farq 2 ochkogacha qisqaradi. "To‘pchilar" esa bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu yo‘lda "Arsenal" sobiq "sitichilar" bo‘lgan Zinchenko va Jezusga suyanmoqda.

Hozir Pep Gvardiola hamma e’tiborini "Liverpul"ga qaratishi kerak. Negaki, "shaharliklar" Klopp jamoasini 2021 yilning fevralidan beri mag‘lub etolmay kelmoqda. Ular joriy mavsumning avvalida ham "Liverpul"ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi (1-0). Shuningdek, "moviylar" mavsum boshlanishidan oldin Angliya superkubogida 3-1 hisobida mersisaydliklardan yengilgan. Shunday ekan, ertangi o‘yinga har ikki tomon yetarlicha sabablar bilan yetib keladi. "Kitobi"da "Manchester Siti" bu raqibni yenga olishi kerak. Negaki, ular bu mavsumni yaxshiroq o‘tkazmoqda, asosiy futbolchilar safda va so‘nggi 2 ta o‘yinda jami 13 ta gol urishga erishgan. Biroq, har qanday prinsipial bahsda bo‘lgani kabi, bu jangda ham oldindan biror narsa deyish juda qiyin. Har ikki jamoa turli maqsadlarga ega va ushbu o‘yindagi mag‘lubiyat bu yo‘lda katta qoqilish deya baholanadi. Xo‘sh, ularning qay biri bosimni yenga oladi?

Jamoalar sport formasi
"Manchester Siti": bir so‘z bilan – dahshatli!

Gvardiola mavsumni yuqori notada, kuchli yakunlashni istaydi. Jamoa mana shu maqsad tomon yurmoqda. Xususan, "Man.Siti" so‘nggi 6 ta bahsda g‘alaba qozondi. Ular ichida "Leypsig"(ECHL, 7-0) va "Byornli"ga (Angliya kubogi, 6-0) qarshi o‘ta yirik g‘alabalar bor.

"Liverpul": o‘ta beqaror, ancha zaif

Beixtiyor savol tug‘iladi – qanday qilib "MYU"ni 7-0 hisobida mag‘lub etib, "Bornmut"ga kichik hisobda taslim bo‘lish mumkin? Afsuski, shunday bo‘ldi. "Liverpul", shuningdek, "Real"ga YECHLning nimchorak finalida umumiy, 6-2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Qolaversa, "Kristal Pelas" bilan durangga imzo chekdi.

Ikki tomondan jarohatlanganlar haqida

"Man.Siti": Gvardiola jamoaning eng muhim quroli bo‘lgan Xolanddan xavotir olmoqda. Gol mashinasi Norvegiya termasidan jarohati sababli ajralib, Angliyaga qaytgandi. Yana bir hujumchi Fil Foden jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi. Shu sababli u bir oygacha maydonga tusha olmaydi.

"Liverpul": Kodi Gakpo (virus) hamda Darvin Nunyeslar (kichik jarohat) safar bahsi oldidan ko‘rikdan o‘tishi kerak. Shuningdek, Tiago Alkantarada ham jarohat bor va uning ham maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda. Bu ham yetmaganidek, yosh talantli futbolchi Stefan Baychetich jiddiy jarohat olib, mavsumning qolganini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Bu borada Kloppni xursand qiladigan xabar faqatgina Luis Diasning safga qaytganidir.

Kimlar porlaydi?

"Man Siti": Erling Xoland

Xoland so‘nggi 2 ta o‘yinda sakkizta gol urgan. U bu mavsum davomida jami 48 ta bahsda 43 ta golga mualliflik qildi. Demak, undan qo‘rqish kerak.

"Liverpul": Muhammad Saloh

Saloh joriy mavsumda o‘zining eng yuqori darajasida emas. Ammo u barcha musobaqalarda 24 ta gol urishga erishdi. Gollar ichida "Manchester Siti" darvozasiga urilgan g‘alaba to‘pi ham bor. Shunday ekan, Saloh ertgangi bahsda "Liverpul" uchun har doimgidan ham muhim, hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

 

 

 Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk

* — мақоланинг асл нусхасини инглиз тилида ҳавола орқали ўтиб ўқишингиз мумкин

Kiritildi: 16:21, 31.03.2023.
O'qildi: 2348 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.