Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Arteta "Arsenal" rahbariyatiga "Barselona" futbolchisi bilan shartnoma imzolashni buyurdi

Arteta "Arsenal" rahbariyatiga "Barselona" futbolchisi bilan shartnoma imzolashni buyurdi

Baho:
+ | -

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Barselona" hujumchisi Ansu Fati bilan shartnoma imzolamoqchi.

20 yoshli futbolchi "ko‘k-anorranglilar" asosiy tarkibiga kirmaydi va agar foydali taklif tushsa, klub rahbariyati uni sotishga rozi bo‘lishi mumkin. Goal xabariga ko‘ra, Fatining ashaddiy muxlisi "Arsenal" boshqaruvchisi Arteta bo‘lib, u ispaniyalik futbolchini qo‘lga kiritishni orzu qiladi. Hujumchi "kanonirlar"ning yozgi transfer maqsadlaridan biri bo‘lishi mumkin.

Ansu Fati joriy mavsumda “Barselona” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 bor jamoadoshlariga assistentlik qildi. Transfermarkt portali uning qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 04:59, 01.04.2023.
O'qildi: 4669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.