Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz «qizil iblislar» hujumchisi Alexandro Garnacho haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men Alexandroning o‘yinidan qoyil qoldim. Garnacho yaratilayotgan super yulduz. U to‘pga juda ishonadi.
U menga Krishtianu Ronalduni eslatadi», — dedi Skoulz.
Oldinroq «MYU» rahbariyati Garnachoning maoshini o‘n barobar oshirishi haqida xabar berilgandi.
Angliya premyer-ligasining joriy mavsumida Alexandro 15 ta jang o‘tkazib, ikkita gol urib, ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.