Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

FIFA kunlaridan zarar ko‘rgan APL grandlari. "Arsenal" va "Siti" boshqa daraja!

FIFA kunlaridan zarar ko‘rgan APL grandlari. "Arsenal" va "Siti" boshqa daraja!

Baho:
+ | -

So‘nggi ikki hafta davomida klublarning yetakchi futbolchilari terma jamoasiga yordam berish uchun jo‘nab ketdi. Nihoyat biz kutgan va muxlislar sog‘ingan klublar futboli qaytdi. Bu qaytish har doimgidek APLning grand jamoalariga omadsiz keldi.

29-turda Yurgen Klopp boshchiligidagi "Liverpul" mehmonda azaliy raqiblaridan biri hisoblanmish "Manchester Siti" uyida mehmon bo‘ldi va yirik 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bellashuvda Saloh hisobni ochgandi, lekin maydon egalari ushbu golga 4 marta javob berishga muvaffaq bo‘ldi (Alvares, De Bryuyne, Gyundogan, Grilish). To‘g‘ri, mazkur bahsda "qizillar" favorit emasdi, ammo ko‘pchilik Klopp shogirdlarini 4:1 hisobida mag‘lub bo‘lishini kutmagandi.

Manchester City v Liverpool FC - Premier League

Shuningdek, bu turda yana bir sensasiya qayd etildi. Londonning "Chelsi" jamoasi "Aston Villa"ni qabul qilib, kutilmaganda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berb qo‘ydi. Bu mavsumdagi ko‘rsatkichlardan olib qarasak, kutilgan natija, desak ham bo‘laveradi. Dastlab, Uotkins hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taymda Makgin mehmonlarning navbatdagi golini urdi.

Tottenham Hotspur v Chelsea - Premier League

Bugun esa Erik Ten Xag boshchiligidagi "Manchester Yunayted" "Nyukasl" mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida "qarg‘alar"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Birinchi taymda hammasi yaxshi ketayotgandek edi. Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlarni to‘xtatib bo‘lmadi. Uillok hamda Uilsonning goli "yangi boylar"ga muhim g‘alabani taqdim etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng Eddi Xau shogirdlari APL turnir jadvalida 3-o‘ringa chiqib oldi.

FBL-ENG-PR-NEWCASTLE-MAN UTD

FIFA kunlaridan zararsiz chiqqan kamyob klublar - "Manchester Siti" hamda "Arsenal". Sababi, mazkur jamoalarning asosiy tarkib futbolchilari hamda zaxiradagilarning darajasi deyarli teng. Ular bir-birlarining o‘rnini bemalol to‘ldira oladi.

Misol uchun, "shaharliklar" safida asosiy tarkib o‘yinchisi Kayl Uokerning o‘rnini bemalol markaziy himoyachilardan biri bilan to‘ldirish mumkin. Shuningdek, hujum chizig‘ida Xulian Alvares jarohat olgan Erling Xolandning o‘rnini sezdirmay, gollar urishi mumkin.

"Arsenal"da esa Bukayo Sakaning o‘rnini Leandro Trossard yoki yana bir necha nomzodlar bilan to‘ldirsa bo‘ladi. Shuningdek, klubning yana bir futbolchisi Gabriyel Jezus ham jarohatdan qaytdi.

Arsenal FC v Leeds United - Premier League

Yuqorida sanab o‘tilgan jamoalarda aynan bir-birini to‘ldirib turuvchi futbolchilar yo‘qligi yaqqol sezilib qoldi.

Masalan, "Liverpul" da Salohning o‘rnini to‘ldirib, uning yo‘qligini sezdirmaydigan o‘yinchi yo‘q. Jarohatdan qaytgan Jota esa hali o‘zining avvalgi formasiga qaytmagan. "Manchester Yunayted"da Markus Reshford, Brunu Fernandesh almashtirib bo‘lmas o‘yinchiga aylanib qolgan. Shuningdek, yangi kelgan Kazemiro ham bu maqomga mos tushadi. Agar ularning o‘yini chiqmasa yoki maydonda ko‘rinish bermasa, natijasi butun jamoaga ta’sir qiladi.

3-4 ta yulduz futbolchi atrofiga butun jamoani qurgan klublar mana shunday davrlarda qiyinchiliklarga duch keladi. Katta sovrinlarni oldiga maqsad qilib ko‘ygan katta klublar esa har qanday holatga tayyor turishi lozim. Tarkibda teng kuchli va sifatli futbolchilarning ko‘pligi mazkur muammoga ajoyib yechim bo‘la oladi. Nolishlardan esa umuman foyda yo‘q. 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:54, 03.04.2023.
O'qildi: 4137 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.