Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Nevill Ronaldu va Vegxorstning "Manchester Yunayted"dagi o‘yinini solishtirdi

Nevill Ronaldu va Vegxorstning "Manchester Yunayted"dagi o‘yinini solishtirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisining fikricha, hujumchi Vout Vegxorst "qizil iblislar"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldudan ko‘ra klub uchun foydaliroq. 38 yoshli portugaliyalik futbolchi 2022 yilning noyabrida jamoa bilan shartnomasini bekor qilgan, dekabrda Saudiya Arabistoni klubi “An-Nasr” bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagan. Shundan so‘ng, "Manchester Yunayted" Vegxorstni "Byornli"dan mavsum oxirigacha ijaraga oldi. 30 yoshli niderlandiyalik futbolchi “Yunayted” safida 19 o‘yinda 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Bu juda provokasion ekanligini bilaman va men hech kimga hurmatsizlik qilishni xohlamayman, lekin men bir narsani aytmoqchiman. Vegxorstning "Manchester Yunayted"da o‘ynashda davom etishi va Ronalduning endi klubda emasligi sabablarini Krishtianu va niderlandiyalikning dastlabki 19ta o‘yinini solishtirish orqali topish mumkin. Keling, Voutning so‘nggi 19 ta o‘yinini Ronalduning 19 ta o‘yinini taqqoslaylik. Vegorst bor yo‘g‘i ikkita gol urgan bo‘lsa-da, uning jamoasi 37 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ronaldu "Yunayted"da uch o‘yinda kamroq g‘alaba qozongan va to‘rtta o‘yinda ko‘proq mag‘lub bo‘lgan. Uning o‘zi 11 ta gol urgan, ammo jamoa atigi 23 ta gol urgan, bu katta farq.

"Manchester Yunayted"da markaziy hujumchi sifatida o‘ynashga tayyor bo‘lmagan o‘yinchi g‘alaba va gollar borasida jamoaga ko‘proq foyda keltiradi. Lekin menimcha, Ronaldu barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisi", deya so‘zini yakunlagan sobiq futbolchi.

"Manchester Yunayted" yozda Vegxorstni sotib olmoqchi emas. Klub rahbariyati kuchli hujumchi sotib olmoqchi, qisqa ro‘yxatga Xarri Keyn («Tottenxem»), Viktor Osimxen («Napoli»), Randal Kolo Muani («Ayntraxt»), Gonsalu Ramush («Benfika») va Dushan Vlaxovich («Yuventus») kiradi.

Biroq, niderlandiyalik futbolchi "Yunayted"ga foyda keltirmoqda, bosh murabbiy Erik ten Xag ta’kidlaganidek: "U men afzal ko‘rgan futbol turiga mos keladi va juda muhim ishni bajaradi. Vout pressingda, himoyaga qaytishda va standart vaziyatlarda foydali, shuning uchun u jamoaga yordam beradi. Veghorst Rojdestvodan beri deyarli barcha o‘yinlarda o‘ynadi, shuning uchun u haqiqatan ham muvaffaqiyatning bir qismidir”.

Ronaldu “Manchester Yunayted”dan ketganidan keyin “An-Nasr” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Krishtianu Saudiya klubi bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi. U yiliga 200 million yevro maosh oladi.

Kiritildi: 20:08, 04.04.2023.
O'qildi: 3932 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.