Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 05:00 Argentina - Kanada

"El-klasiko"da xet-trik qayd etgan futbolchilar: Benzema, Messi, Suares...

"El-klasiko"da xet-trik qayd etgan futbolchilar: Benzema, Messi, Suares...

Baho:
+ | -

"El-klasiko" dunyo futbolining eng katta to‘qnashuvlaridan biri sanaladi. Bu o‘yin paytida hamma boshqa ishini yig‘ishtirib qo‘yib, maydondagi voqealarga e’tibor qaratadi. "Real" va "Barselona" jangida har doim ajoyib gollar, kutilmagan qarama-qarshiliklar va "qon" bo‘lgan. Shunday o‘yinda xet-trik qayd etish oson ish emas, albatta. Hatto Ronaldinyo, Inyesta va Ronaldu kabi buyuk futbolchilar ham bu ishni uddalay olmagan. Faqatgina tarixdagi oltita futbolchi, 1980 yillardan beri yuqoridagi ishni bajardi. Quyida ularning nomlarini bilib olasiz.

Gari Lineker

Lineker muxbirlik faoliyatidan ilgari "Barselona" safida ajoyib o‘yinlar namoyish etgan. U "El-klasiko"larda gol urgan yagona ingliz futbolchisi sanaladi. 1987 yilning yanvarida kechgan ayovsiz kurashda "Nou Kamp" maydonida Lineker xet-trikka erishadi. "Qirollik klubi" safida Xorxe Valdano va Ugo Sanches Lineker gollariga javob qaytaradi. Ammo bu yetarli bo‘lmaydi. O‘yin 3-2 hisobida kataloniyaliklar foydasiga hal bo‘ladi.

Romario

Braziliyalik afsona "Barselona"da faqatgina ikkita mavsum faoliyat yuritadi. Bu davr mobaynida Romario 65 ta o‘yinda 39 ta golga mualliflik qilishga erishadi. Gollar ichida 1993-94 yilgi mavsumda "Real" darvozasiga urilgan xet-trik ham bor edi. 1994 yilning yanvarida "Real" Barselona shahriga tashrif buyuradi. Unda madridliklar 5-0 hisobida sharmandali mag‘lub bo‘lgandi. Romario o‘sha o‘yinda porlagan va 3 ta golga mualliflik qilgandi.

Ivan Samorano

Romarioning xet-trigidan roppa-rosa bir yil o‘tib, "Real" o‘zining eng ashaddiy raqibi bo‘lmish "Barselona"ni "Santyago Bernabeu"da qabul qiladi. 1995 yilning yanvaridagi to‘qnashuvda, "qaymoqranglilar" qasos oladi. O‘yin 5-0 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlanadi. Bahsda Ivan Samorano birinchi taymning o‘zida uchta golga mualliflik qiladi. Shunchaki, dahshat!

Lionel Messi

Ushbu ro‘yxatda Messining bo‘lmasligi mumkin emas. Argentinalik daho, bu ishni ikki bor bajargan yagona futbolchi sanaladi. Dastlabki xet-trik 2007 yilning martida yuz bergan. Unda Messi hali yosh bola edi. Ronaldinyo va Eto'o yordamida yosh Messi "Real" kabi jamoaga 3 ta gol uradi. O‘yin 3-3 hisobida yakunlanadi. 2014 yilning martida Messi o‘z ishini yana takrorlaydi va bu safar uning jamoasi 4-3 hisobida g‘alabaga erishadi.

Luis Suares

Benzemaning kechagi qahramonligidan oldingi xet-trik, "Barselona" uyida, 2018 yilning oktyabrida yuz beradi. "Kamp Nou" maydonida "Real" 5-1 hisobida yanchilgan tunda, Luis Suares uchta gol urgandi. Suaresning bir goli penaltidan uriladi. Qolganlari esa bosh bilan va oyoq bilan kiritiladi. O‘sha paytlarda "Barselona"ni to‘xtatish imkoni deyarli yo‘q edi.

Karim Benzema

Ispaniya kubogining yarim-finali. Bahsning javob uchrashuvi oldidan "Real" bosim ostida edi. Negaki, Anchelotti jamoasi 1-0 hisobida ortda qolayotgandi. Qolaversa, ligada ham "Real" "Barsa"dan mag‘lub bo‘lib, 12 ochko oldinga o‘tkazib yubordi. Bitta to‘p farqini yo‘qqa chiqarish murakkab bo‘lgan. Negaki, "Barselona" himoyasi kuchli sanaladi. Shunga qaramay, madridliklar muammoni yecha oldi. Benzema tomonidan urilgan ikkinchi taymdagi 3 ta gol, hammasini hal qildi. Shunday qilib, "Real" so‘nggi 60 yilda "Kam Nou"dagi eng yirik g‘alabasiga erishdi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 16:54, 06.04.2023.
O'qildi: 3059 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.