"Yuventus" yarim himoyachi Adriyen Rabyo o‘rniga boshqa futbolchi xarid qilishga qaror qildi.
Turinliklar "Lasio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich fransiyalik futbolchining o‘rnini bosa oladi, deb hisoblamoqda. Biroq rimliklarning 28 yoshli futbolchi bilan xayrlashishni istamasligi muammoga aylanishi mumkin.
Ushbu mavsumda yarim himoyachi 37 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning "Lasio" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.