Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Kompanining APLga qaytishda yordam bergan shogirdlari

Kompanining APLga qaytishda yordam bergan shogirdlari

Baho:
+ | -

«Byornli» avtomatik ravishda APLga ko‘tarilish uchun juma kuni «Midlsbro»ga qarshi kerakli 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoa chempionshipda bor-yo‘g‘i bir yilni o‘tkazdi, klub egasi Alan Peys ularning yuqori ligaga qayta ko‘tarilishi «ikki yoki uch yil» ichida amalga oshishi mumkinligiga ishongan.

Ammo bosh murabbiy Vensan Kompani qo‘l ostida «Byornli» o‘zgardi, uzoq vaqtdan buyon ligada yetakchilik qildi, shu bilan birga Angliya Kubogida kuchli o‘yin o‘tkazdi. Bu Kompani 2022 yil yozida murabbiylikka tayinlanganidan keyin mo‘’jizaviy tarkibni qayta qurishi tufayli yuzaga keldi.

Quyida Vensanga katta yordami tekkan besh futbolchi haqida gaplashamiz. 

Natan Tella

«Sautgempton»dan ijaraga olingan futbolchini «Byornli» kelasi mavsum uchun ushlab qolishni juda istaydi. Debyut bahsida ikkita gol urgan forvard joriy mavsumda 28 ta o‘yinda 17 ta gol urdi, shu jumladan ikkita xet-trik. U katta narx bilan kelishi mumkin, ammo «Sautgempton»ning quyi ligaga tushib qolish xavfi borligi sababli Tella chempionshipda yana bir mavsum qolishni istamasligi mumkin.

Yaqinda «Uigan» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Tella haqida gapirar ekan, Kompani shunday dedi: «Tella asta-sekin o‘z maqsadiga erishmoqda. U o‘z salohiyatining bir qismini ro‘yobga chiqardi. Menimcha, u hali ko‘p yo‘l bosib o‘tishi kerak, ammo u kabi futbolchi bilan ishlash juda hayajonli».

Josh Kallen

«Anderlext»da ikki mavsum o‘ynaganidan keyin u Vensan Kompani jamoasiga kelib qo‘shildi va o‘tgan yozda jamoa muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi. Josh murabbiyning 1-raqamli maqsadiga aylandi. Umuman olganda, murabbiy Belgiya birinchi divizionidan sakkiz nafar o‘yinchi bilan shartnoma imzoladi. Kallen ushbu futbolchilar orasida yaqqol ajralib turadi hamda yarim himoyaning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. To‘pdan ajoyib foydalanishi bilan ajralib turuvchi Kallenni Vensan ancha maqtadi.

«Joshni ta’riflashning eng yaxshi usuli shundaki, u «Charlton»dan «Anderlext»ga asosiy jamoa o‘yinchisi sifatida kelgan va u mening jamoamdagi eng muhim figuraga aylandi», - dedi Kompani yil boshida. Josh ilk kundan boshlab, o‘z ustida yuqori standartda ishlab keladi. 

Teylor Xarvud-Bellis

Teylor 21 yoshgacha bo‘lgan Angliya terma jamoasi sardori sifatida klubida ham ajralmas bo‘g‘inga ega edi, ammo yanvar oyi boshida jarohat oldi, to‘liq jismoniy holatiga qaytganidan so‘ng Xarvud-Bellis maydonda yana erkin harakat qilmoqda.

Hozirda «Manchester Siti»dan ijaraga olingan Xarvud-Bellis dastlab «Etihad»da akademiya o‘yinchisi sifatida oz vaqt ko‘rinish berdi va keyinchalik «Anderlext»ga ijaraga berildi. Uning Kompani qo‘l ostidagi o‘sishi ko‘zga ancha sezilarli bo‘ldi.

«Men Teylorni juda yosh futbolchi bo‘lganidan beri, hatto asosiy jamoa o‘yinchisi bo‘lgunga qadar ham bilganman va uning bir ajoyib xususiyati - bu uning har bir o‘yinga bo‘lgan munosabatida. Menimcha, Teylor men kutgan narsani bajardi. U haqiqatan ham ajoyib xulq-atvorga ega va u yuqori darajadagi mutaxassislar e’tiborini qozondi. Uning darajasini hamma ko‘rishi mumkin. U «Anderlext»da bo‘lganida ham shogirdim edi va hozir ham yaxshi o‘yinchi. Unga yana bir yoki ikki yil bering, ancha yaxshilangan o‘yinchi bo‘ladi, chunki u barcha narsaga to‘g‘ri munosabatda. Biz uni tizimning bir qismi bo‘lganidan xursandmiz», – dedi Kompani.

Anass Zaruri

Zaruri Belgiyaning Sharlerua shahridan olingan, u chap qanotda katta o‘yinlar ko‘rsatdi.  Marokashlik vinger dekabr oyida «Byornli»ning «Birmingem Siti» ustidan qozonilgan g‘alabasida (3:0) 49 soniya ichida chempionship mavsumidagi eng tezkor golni kiritdi.

Jordan Beyer

Yana bir ijaraga olingan futbolchi, bu safar Myonxengladbaxning «Borussiya» jamoasidan, markaziy himoyachi, uzatmalari 92% aniq o‘z manziliga borgan, to‘pga egalik qilishda o‘tkir va kuchli.

Beyer yozda katta pulga tushishi mumkin, ammo «Byornli» uni sotib olish imkoniyatiga ega va shubhasiz, himoyachi xizmatlarini uzoq muddatda ta’minlashga intiladi.

Kiritildi: 06:43, 08.04.2023.
O'qildi: 3171 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.