Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Superliga. Prevyu. "Paxtakor" - "Qizilqum"

Superliga. Prevyu. "Paxtakor" - "Qizilqum"

Baho:
+ | -

"Sherlar" Superliganing 5-turida Toshkentda "Qizilqum"ni qabul qiladi.

Chempionat doirasida jamoalar 46 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlarda ustunlik toshkentliklar tarafida. 39 bahsda yutgan "Paxtakor" 6 bor durang o‘ynagan va bir marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 130 gol urilib, 26 to‘p o‘tkazilgan.

Toshkentdagi o‘yinlarning 20tasida poytaxtliklar g‘alaba qozonib, 2 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. Navoiy jamoasi oxirgi bor safarda 2010 yil ochko olgan - 0:0. O‘z maydonida "Paxtakor" 8 bor ushbu raqibni yirik natija bilan taslim qilgan. O‘tgan yili Toshkentda jamoamiz 6:0 hisobida zafar quchishga erishgan.

2007 yil Navoiyda o‘tgan bellashuvda "Sherlar" mezbonlar ustidan 11:0 hisobida zafar quchishgan. O‘shanda "Paxtakor" hozirgacha ligadagi eng yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Bahsni raqibdan Nikolay Tarasov diskvalifikasiya tufayli o‘tkazib yuboradi.

"Paxtakor" va "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 10 aprel, dushanba kuni soat 18:05da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Kiritildi: 17:20, 08.04.2023.
O'qildi: 1844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик