Tajribali himoyachi Serxio Ramos joriy mavsum oxirida "PSJ"ni tark etishi mumkin.
Ispaniyalik futbolchi va parijliklar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma shu yilning yozida yakuniga yetadi. Klub rahbariyati hozircha Serxioga hamkorlikni uzaytirish borasida aniq taklif bilan chiqqanicha yo‘q.
Ramosda faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish uchun jozibali variant bor. Krishtianu Ronaldu to‘p tepadigan "An-Nasr" himoyachiga yiliga 30 million yevro maosh bilan shartnoma taklif qilishga tayyor.
Liga 1ning joriy mavsumida ispaniyalik futbolchi 25 ta o‘yin o‘tkazib, gol urdi va samarali uzatmani amalga oshirdi.