Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kamadaning «sovchi»lari ko‘payib bormoqda

Kamadaning «sovchi»lari ko‘payib bormoqda

Baho:
+ | -

Yaponiya MTJ va Frankfurtning «Ayntraxt» klubi yarim himoyachisi Daichi Kamada transfer bozorida katta talabga ega.

Relevo jurnalistlarining yozishicha, yarim himoyachi xizmatlariga Yevropaning to‘rtta top-klubi qiziqish bildirmoqda.

Kamada uchun kurashda «Atletiko Madrid», «Borussiya Dortmund», «Bavariya» va «Liverpul» o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Ushbu poyga g‘olibi yaponiyalik bilan bepul shartnoma imzolaydi, chunki uning «Ayntraxt» bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. Daichi shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.

26 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Germaniya chempionatida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:51, 10.04.2023.
O'qildi: 978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.