Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Babayan: "OKMK bilan bo‘ldigan uchrashuvlar o‘zimizning haqiqiy kuchimizni ko‘rib olish uchun imkoniyat"

Babayan: "OKMK bilan bo‘ldigan uchrashuvlar o‘zimizning haqiqiy kuchimizni ko‘rib olish uchun imkoniyat"

Baho:
+ | -

Superliganing 5-turidan o‘rin olgan OKMK – “Navbahor” (2:1) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan ishtirok etib, OAV xodimlariniing savollariga javob berdi.

- Bugungi o‘yin haqidagi fikrlaringiz?

- So‘nggi vaqtlarda OKMK va “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar milliy chempionatimiz bezagi bo‘lib kelmoqda. Bugungi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardik deb o‘ylayman. Hisobda oldinga chiqib olganimizdan so‘ng, futbol o‘ynamay qo‘ydik va g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Bugungi uchrashuv bizga saboq bo‘lishi kerak.

- Ko‘p hakamlardan ogohlantirish olasiz, o‘zbek hakamlariga qay darajada ishonasiz?

- Hakamlarni muhokama qilmayman. Bu oddiy emosiyalar, o‘yin vaqtida paydo bo‘ladi va keyin yo‘qoladi.

- “Navbahor” ikki marotaba kuchli raqiblarga qarshi o‘ynadi va o‘sha o‘yinlarda imkoniyatni boy berdi. Jamoada ruhiy tomonlama muammo bordek. Bunga “Navbahor”ning o‘zidan kuchsizroq raqiblarni oson mag‘lub etayotganligi sabab bo‘lyaptimi?

- Yaxshi savol bo‘ldi. Avvalambor ta’kidlab o‘tishim kerakki, OKMK bilan bo‘ladigan uchrashuvlar o‘zimizning haqiqiy kuchimizni ko‘rib olish uchun imkoniyat. Bugungi uchrashuvda ikki nafar asosiy futbolchimiz Davron Hoshimov va Jasur Yaxshiboyevlar jamoaga yordam bera olishmadi.Ushbu holat ham jamoa o‘yiniga ta’sirini o‘tkazdi. Lekin bugun yangi o‘yinchilarni sinab olishga imkoniyat bo‘ldi, sifat yetishmadi, deb o‘ylayman, xolos.

O‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan jamoa bunday o‘yinlarda birinchi daqiqadan boshlab, so‘nggi soniyalargacha diqqatni jamlab o‘ynashi kerak. O‘yinimizni tahlil qilib chiqamiz" - dedi Babayan.

 

Kiritildi: 13:31, 10.04.2023.
O'qildi: 1589 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик