Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 20:15 Fulhem - Liverpul
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

Superkompyuter so‘nggi turdan keyin APLning yakunini taxmin qildi. "Arsenal"ning "Liverpul" bilan durangi nimanlarni o‘zgartirdi?

Superkompyuter so‘nggi turdan keyin APLning yakunini taxmin qildi. "Arsenal"ning "Liverpul" bilan durangi nimanlarni o‘zgartirdi?

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasida chempionlik uchun kurash 30 turdan keyin yanada qizib ketdi. Bunga asosiy sabab "Arsenal"ning "Liverpul" maydonidagi durangi edi. Ayni damda ikki jamoa o‘rtasidagi ochkolar farqi 6 tani tashkil qilmoqda. Pep Gvardiola jamoasi shanba kuni "Arsenal" ta’qibchisi sifatida "Sautgemton" maydoniga tashrif buyurgan edi. "Shaharliklar" o‘z o‘yinini 4-1 hisobida ijobiy natija bilan yakunlaydi. Oradan bir kun o‘tib, "Arsenal"ning gali keldi. "Liverpul" maydonida 30 daqiqa ichida 2 ta gol farqi bilan oldinga chiqib olgan londonliklar, yakunda 2-2 hisobida durangga imzo chekdi. Ushbu natijalardan keyin superkompyuter o‘z algoritmlarini qaytadan ko‘rib chiqdi. Uning xulosalari quyida bayon etiladi.

Natijalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, "Manchester Siti" mavsum oxirida "Arsenal"ga o‘ta yaqin keladi. Ammo titulga erisha olmaydi. Negaki, "Arsenal" yakunda bir ochko farq bilan chempionlikni qo‘lga kiritadi. Qolgan o‘yinlar davomida hozirgi mavjud olti ochkolik farq qisqarib boradi.
Jadvalda pastroqqa qaraymiz. Top-4 da yana o‘xshash nomlar turibdi. Garchand, qolgan uchrashuvlar murakkab bo‘lsada, "Nyukasl" va "Manchester Yunayted" YECHL pog‘onalaridagi pozisiyasini saqlab qoladi.

Yevrokuboklarga yo‘llanma taqdim etuvchi o‘rinlarning qolganlarida "Tottenxem" va "Brayton" joylashadi. Xususan, "shporlar" ayni damda YECHL uchun kurashayotgan bo‘lsa ham, yakunda kuchli to‘rtlikdan yetti ochko kam to‘plagan holda pastroqdan joy oladi. Yevropa ligasining ikkinchi yo‘llanmasi "Brayton"ga nasib etadi. Aytgancha, Yevropa Konferensiyalar ligasi uchun ham bitta chipta mavjud bo‘lib, bu o‘rindan "Liverpul" joy oladi. Shunday qilib, yangi mavsumda "Brayton", o‘z tarixida ilk marta yevrokuboklarda ishtirok etadi. "Liverpul" esa birinchi marta yangi turnir bo‘lmish YEKLda debyut qiladi.

Taxminiy jadvalning quyirog‘iga qarasak, yana bir top-klub ko‘zga tashlanadi. "Chelsi" sakkiz turdan keyin ham hozirgi 11 o‘rinidan siljiy olmasligi kutilmoqda. Agar amalda ham shunday bo‘lsa, "aristokratlar" o‘zining 1996 yildan beri eng yomon natijasini qayd etishi mumkin.
Jon saqlab qolish uchun ham ayovsiz kurash boshlangan. Bu kurashning qurbonlari oxir-oqibat uchta jamoa bo‘ladi. Superkompyuterga ko‘ra, bu jamoalar o‘rniga "Lester Siti", "Nottingem" va "Sautgempton" loyiq ko‘riladi. Shunday qilib, "Nottingem" bir yil o‘tmay, yana quyi ligaga ravona bo‘ladi. "Lester" va "Sautgempton" esa Chempionshipning eng yangi a’zolariga aylanadi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:31, 10.04.2023.
O'qildi: 8575 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.