Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

"Real"ni "Santyago"da qiynab qo‘ygan futbolchiga Peres qiziqib qolgan

"Real"ni "Santyago"da qiynab qo‘ygan futbolchiga Peres qiziqib qolgan

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi “Vilyarreal” futbolchisi Samuel Chukvuyezega ko‘z tikdi.

23 yoshli vinger yaqinda La Liga doirasida "qaymoqranglilar"ga qarshi "Santyago Bernabeu"da "sariq suvosti kemasi"ning g‘alabasi (3:2) bilan yakunlangan o‘yinda dubl qayd etdi. Marca xabariga ko‘ra, o‘sha kuni Florentino Peres "Vilyarreal" prezidenti bilan futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qilgan. Nigeriyalikning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

Samuyel Chukvueze joriy mavsumda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning narxini 20 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 04:18, 11.04.2023.
O'qildi: 6236 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик