Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 05:00 Argentina - Kanada

YECHL. "Real" poytaxtda kutmoqda: "Chelsi" ikki yil oldingi natijasini takrorlay oladimi? (prevyu)

YECHL. "Real" poytaxtda kutmoqda: "Chelsi" ikki yil oldingi natijasini takrorlay oladimi? (prevyu)

Baho:
+ | -

"Chelsi" Yevropa Chempionlar ligasi chorak-final juftligining birinchi davrasida "Real" mehmoni bo‘ladi. Ushbu juftlik g‘olibini yarim finalda "Manchester Siti" yoki "Bavariya" kutishidan xabaringiz bor. Har ikki jamoa YECHL g‘olibligini o‘zining muhim vazifasi sifatida biladi. Xususan, "Chelsi" APLda beqaror mavsumdan keyin 11 o‘rinni band etib turibdi. Jamoa katta pullarni transferlar uchun sarflagan bo‘lsa ham, o‘ziga kela olmadi. Unga raqib bo‘lgan "Real" oldida esa 6 may kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya kubogi finali bor. Qolaversa, madridliklar ichki chempionatni, deyarli "Barselona"ga boy berib bo‘ldi. Shu sababli, YECHLni yutish, mavsumni ijobiy yakunlashning yagona omili bo‘lib qolmoqda.

Jamoalar sport formalari haqida

Frenk Lempardning "Chelsi"ga kelishi hech narsani o‘zgartirmadi: jamoa o‘tgan hafta "Vulverxempton"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. YECHL doirasida "aristokratlar" nimchorak finalda "Borussiya Dortmund"ni turnirdan chiqarib yuborgandi.
"Real"ga keladigan bo‘lsak, ular yaqindagina o‘z uyida "Vilyarreal"ga 3-2 hisobida taslim bӯlgan. Bu esa Anchelotti jamoasini "Barsa"dan 13 ochko ortda qolib ketishiga sabab bo‘ldi. Ammo Yevropa sahnida "qirollik klubi" hali ham tengsiz. "Real" o‘tgan bosqichda "Liverpul"ni qaqshatqich mag‘lubiyatga uchratgan. Endilikda, madridliklar YECHLni joriy yil ham qo‘lga kiritishga umid qilmoqda.

Jarohatlanganlar haqida

"Real" o‘tgan o‘yinida Luka Modrich, Toni Kroos, Eder Militao, Eduardo Kamavinga kabi yulduzlariga dam bergandi. Federiko Valverdening maydonga tushishi esa so‘roq ostida turibdi. Negaki, u "Vilyarreal" futbolchisi Alexandro Baenani kaltaklaganlikda ayblanmoqda.
"Chelsi" Meyson Maunt, Tiago Silva va Sesar Aspilikueta kabi futbolchilaridan foydalana oladi. N'Golo Kante o‘tgan o‘yinda zaxirada qoldirilgandi. Ammo Lempard bu ishni futbolchi sog‘lini o‘ylagan holda qilgani ma’lum bo‘ldi. London klubi Benua Badiashile, Pyer-Emerik Obameyang, Noni Madueke va David Fofana kabi yulduzlarini YECHL uchun qaydnomaga kiritmagan.

Kimlar porlashi haqida

"Chelsi" Joau Feliksga katta umid bog‘lab turibdi. "Ateltiko"dan ijaraga olingan hujumchi "Real" bilan ko‘p to‘qnash kelgan va ularga qarshi nima qilish kerakligini yaxshi biladi.
Raqib tomonda esa katta kalibrli futbolchilardan Benzema va Vinisiusga ko‘p narsa yuklatiladi. Ular "Liverpul" bilan bahsda dublga mualliflik qilgandi. Benzema esa javob uchrashuvidagi yagona golni urgan.

Murabbiylar fikri

Karlo Anchelotti "Chelsi"ga qaytishi haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lgandi. Ammo mutaxassisning o‘zi bunday qilmoqchi emasligini bildirgan. U shunday deydi: "Qaytish? Yo‘q, yo‘q. Bu gaplarni qo‘ying. O‘ylashimcha, Lempardning o‘zi u yerda ajoyib ishlarni amalga oshirishga qodir. Men "Chelsi"da yaxshi damlarni o‘tkazganman. Bu jamoani yaxshi ko‘raman. Ammo u yerga boshqa qaytmayman".

Lempard "Chelsi"da o‘ziga yuklatilgan vazifani yaxshi biladi. U bu haqida shunday deydi: "Men hamma narsa bir kunda hal bo‘ladi deb o‘ylamayman. Yaxshi natijaga erishish uchun siz maydondagi o‘yinni o‘zgartirishingiz kerak. Xususan, natijaga erishish maqsadida raqibga ko‘proq tajovuz qilish, tezlik, aniqlik va eng asosiysi ishonch bo‘lishi lozim. Futbolchilar ham buni bilishi shart. Negaki, busiz o‘yinlarda g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Men bu yerga yordam uchun keldim. Qo‘limizda ko‘plab iqtidorlar bor. Ulardan foydalanish kerak xolos".

"Chelsi"ning hozirgi ahvoli yomon. Madriddan natija bilan qaytish o‘ta murakkab kechadi. "Real" esa raqib bilan taqqoslaganda, o‘ta tajribali. Anchelottida londonliklardan farqli ravishda tajribali futbolchilar bisyor. Shunday ekan, bugungi o‘yin har qanday hisob bilan mezbonlar foydasiga hal bo‘ladi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 08:30, 12.04.2023.
O'qildi: 4747 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.