Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Pro liga. «Lokomotiv» - «Dinamo»: 29-to‘qnashuv oldidan prevyu

Pro liga. «Lokomotiv» - «Dinamo»: 29-to‘qnashuv oldidan prevyu

Baho:
+ | -

13 aprel kuni Pro liga 5-turi doirasida nafaqat turning, balki mavsumning eng muhim o‘yinlaridan biri Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Chempionatda qo‘shhokimlik qilayotgan «Dinamo» va «Lokomotiv» o‘zaro to‘qnash keladi. Ushbu o‘yin ikki tomon uchun ham juda muhim bahs.

Kim qanday holatda?
«Dinamo» ham, «Lokomotiv» ham mavsumni ketma-ket 3 o‘yindagi g‘alaba bilan boshladi va 9 ochkodan to‘plagan holda peshqadamlik qilishmoqda.

«Dinamo»ning o‘tgan 3 o‘yindagi natijasi:

1-tur. «Mash’al» – «Dinamo» – 0:3
2-tur. «Dinamo» – «Yunired» – 1:0
3-tur. «Navbahor-farm» – «Dinamo» – 0:3
4-tur. «Dinamo» - «Andijon-SGS» qoldirildi.

«Lokomotiv»ning o‘tgan 3 o‘yindagi natijasi:

1-tur. «Andijon-SGS» – «Lokomotiv» – 0:4
2-tur. Dam oldi
3-tur. «Lokomotiv» – «Orol» – 1:0
4-tur. «Xorazm» – «Lokomotiv» – 1:2

O‘zaro o‘yinlar: Ustunlik kimda?
«Dinamo» va «Lokomotiv» chempionat tarixida o‘zaro 28 marta to‘qnash kelgan. «Dinamo» 12 o‘yinda g‘olib bo‘lgan, 4 o‘yin durang hisobida yakunlangan. «Lokomotiv» «Dinamo»ni hozirga qadar 12 marta mag‘lub eta olgan. To‘plar nisbati «Loko» tomonida – 40:42. O‘zaro o‘yinlarda «Dinamo» 40, «Lokomotiv» ham 40 ochkoni qo‘lga kiritgan.

«Lokomotiv»ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 5:1 ga teng. «Dinamo»da bu ko‘rsatkich yanada kattaroq – 5:0. 2009 yilgi bahsda Azamat Abduraimov boshchiligidagi «Dinamo» Ilhom Yunusov, Devid Oniya, Andrey Akopyans, Erkin Boydullayev, Bahodir Nasimovning Filimonov darvozasiga kiritgan gollari evaziga «Loko»ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan.

«Dinamo» so‘nggi marta 2022 yilda «Lokomotiv»ni Samarqandda mag‘lub etgan – 3:1. Toshkentda esa 1:1 hisobi qayd etilgan bo‘lib, Marat Bikmayevning goli jamoamizga bir ochko taqdim etgandi.

Toshkentdagi o‘zaro so‘nggi uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar:

2022 yil. «Lokomotiv» - «Dinamo» 1:1
2019 yil. «Lokomotiv» - «Dinamo» 2:0
2017 yil. «Lokomotiv» - «Dinamo» 2:0
2015 yil. «Lokomotiv» - «Dinamo» 2:1
2014 yil. «Lokomotiv» - «Dinamo» 1:0
2013 yil. «Lokomotiv» - «Dinamo» 3:1
2012 yil. «Lokomotiv» - «Dinamo» 3:1
2010 yil. «Lokomotiv» - «Dinamo» 2:2
2009 yil. «Lokomotiv» - «Dinamo» 1:2

«Dinamo» PFK matbuot xizmati.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:05, 12.04.2023.
O'qildi: 1196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик