Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Vesko Steshevich: «Raqibga vaziyatlar yaratishga imkon bermagan bo‘lsak ham bugun ochko yo‘qotdik»

Vesko Steshevich: «Raqibga vaziyatlar yaratishga imkon bermagan bo‘lsak ham bugun ochko yo‘qotdik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi birinchi turidan o‘rin olgan «Metallurg» – «Yunired» (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida qatnashdi.

O‘yin haqida
— O‘yinga kelsak, o‘yinchilarimiz uchrashuv boshida o‘zlariga o‘xshashmadi. O‘yin boshida juda yomon harakat qildik. 25-daqiqadan keyin nimadir qilishni boshlashdi. Gol kiritdik. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yinni kuchaytirish uchun o‘zgarishni amalga oshirdik. Biroq, ikki marta yon chizig‘idan so‘ng gollar o‘tkazib yubordik. Raqibga vaziyatlar yaratishga imkon bermagan bo‘lsak ham bugun ochko yo‘qotdik. Bir necha o‘yinchilarni almashtirdik va asosiy tarkib futbolchilarini tushirdik. Bir necha vaziyatlar yaratdik, o‘yinni yutib ketishimiz ham mumkin edi. Biroq bunday bo‘lmadi.

— Nima sababdan ikkinchi tarkibni maydonga tushirdingiz?
— Biz barcha o‘yinchilarni ko‘zdan kechirishni xohladik. Zaxirada bir necha o‘yinchilar bor edi. Ularni maydonga tushirdik. Biroq ikkita autdan so‘ng gollar o‘tkazib yubordik. Bu holatda albatta savol tug‘iladi.

— Optimal tarkibni aniqlab olishingiz uchun sizga qancha o‘yin kerak bo‘ladi. Baribir yangi murabbiysiz...
— Biz barcha o‘yinchilarni o‘rganib bo‘ldik. Ikkita o‘yinda hammani ko‘zdan kechirib bo‘ldim. Asosiy tarkib va asosiyga yaqin bo‘lgan tarkib allaqachon aniq. Gap faqat ularning formasida. G‘ofurov jarohat olgani yaxshi bo‘lmadi.

— Ikki o‘yindan keyin o‘zbek futboli haqidagi fikringiz qanday?
— To‘g‘risini aytsam, ijobiy fikrlar paydo bo‘ldi. Yigitlar kuchli texnik futbol o‘ynashadi. Masalan, bugungi raqibimizning Pro ligadagi o‘yinlarini kuzatganimda to‘g‘risi xayron qoldim. Ularning darajasi Superliga klublarinikidan unchalik ham farq qilmaydi.

— Ispan murabbiyidan keyin jamoada qanday o‘yin uslubini qurmoqchisiz?
— Men o‘zimdan oldingi murabbiyning ishi haqida gapirmoqchi emasman. O‘sha murabbiy bir yarim yil jamoani boshqargan. O‘yinchilar olib kelgan, jamoani qurgan. Hozir ko‘p narsani o‘zgartirish qiyin bo‘ladi. Kichik o‘zgarishlar qilishimiz mumkin, ammo «Metallurg» o‘z yo‘lida davom etadi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 09:42, 13.04.2023.
O'qildi: 1017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.