Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 05:00 Argentina - Kanada

YECHL pley-off bosqichining eng yaxshi to‘purarlari: Ronaldu, Messi, Benzema...

YECHL pley-off bosqichining eng yaxshi to‘purarlari: Ronaldu, Messi, Benzema...

Baho:
+ | -

Ko‘pchilik YECHL musobaqasining pley-off bosqichini futbolchilarning asl kuchi ko‘rinadigan joy deb hisoblaydi. Bu fikr qaysidir ma’noda to‘g‘ri. Faqatgina top-futbolchilargina eng nufuzli musobaqaning hal qiluvchi bosqichida gol urishga qodir. Quyida bu boradagi eng yaxshi o‘nta futbolchi nomi keltirib o‘tiladi.

11. Frenk Lempard – 15 ta gol

"Chelsi" afsonasi 2000 yillar davomida eng yaxshilardan bo‘lib kelgan. Lempard YECHLning so‘nggi bosqichlarida ajoyib harakat qilardi. 2005 yilda ingliz futbolchisi "Barselona" va "Bavariya" darvozasini ishg‘ol qiladi. U 2012 yil, to ilk chempionlikka qadar "Chelsi"da sardorlik qildi.

10. Kilian Mbappe – 15 ta gol

Himoyachilar qo‘rqinchi bo‘lgan hujumchi, "Bavariya" bilan bo‘lgan bahsda raqib darvozasiga yo‘l topa olmagan edi. Shunga qaramay, Mbappe hali bu bosqichda ko‘p gol uradi. Ishonchimiz komilki, Fransiya terma jamoasi a’zosi o‘z faoliyatini yakunlaganga qadar, ro‘yxatimizning kamida kuchli uchligiga kiradi.

9. Filippo Inzagi – 16 ta gol

Ser Aleks Fergyuson tomonidan "o‘yindan tashqari holatda tug‘ilgan" deya ta’rif berilgan hujumchi, YECHLning yorqin yulduzlaridan biri edi. Inzagi pley-off bahslarida 16 ta golga mualliflik qiladi. Bu gollar asosan "Milan" va "Yuventus" liboslarida uriladi. Uning eng esda qolarli goli 2007 yilda, "Liverpul"ga qarshi finalda urilgandi.

8. Aryen Robben – 16 ta gol

Hayotda uchta narsa muqarrar – o‘lim, soliqlar va Robbenning jarima maydonchasiga o‘ng qanotdan kirib borib, darvozaning yuqori burchagiga to‘pni yo‘llashi! "Bavariya"dagi yillarida Robben super-darajaga chiqadi. U go‘yoki, YECHL uchun tug‘ilgandek edi. Niderlandiyalik hujumchining eng muhim goli 2013 yilgi finalda "Borussiya Dortmund"ga qarshi kiritiladi.

7. Andrey Shevchenko – 18 ta gol

"Chelsi"dagi yomon davrlarini aytmaganda, ukrainalik futbolchi o‘zining cho‘qqiga chiqqan paytlarini fantastik o‘tkazgan. 1999 yilda Shevchenko Kiyevning "Dinamo" klubi bilan YECHLning yarim finaligacha yetib boradi. U "Milan"da ham zo‘r davrlarni o‘tkazadi. 2004 yilgi "Oltin to‘p" sovrini Shevchenkoga topshirilgani bejiz emasdi. Ajoyib xotiralar sababli biz undan qarzdormiz.

6. Raul – 18 ta gol

Raul "Real" safida 16 yil harakat qiladi. Bu vaqt mobaynida u uch marta YECHL bosh sovrinini boshi uzra baland ko‘tardi. Sobiq hujumchi 2000 va 2002 yilgi finallarfda gol urishga erishgandi. Madriddan ketganidan keyin ham Raul 3 ta pley-off golini urishga muvaffaq bo‘lgandi.

5. Tomas Myuller – 24 ta gol

Zamonaviy futbolning ramzlaridan biri Myuller hisoblanadi. U jamoadoshlarini uzatmalar bilan ta’minlab qolmasdan, gollar urishni ham yaxshi eplaydigan futbolchidir. Katta tajriba va pley-offlarda 24 ta golga ega bo‘lishiga qaramay, u "Manchester Siti" bilan o‘yinni zaxiradan boshlagandi. Uning jamoasi 3-0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

4. Robert Levandovski – 30 ta gol

Bu mavsumdagi YECHLning so‘nggi bosqichlari Levandovskisiz o‘tmoqda. Afsonaviy polshalik hujumchi, "Bavariya" va "Borussiya Dortmund" safida ko‘plab gollar urgan. Birgina 2013 yildagi "Real"ga qarshi urilgan to‘rtta gol fikrimizning isbotidir.

3. Karim Benzema – 34 ta gol

Uzoq vaqt jamoadoshlari soyasida yurgach, Benzema o‘zini ko‘rsatishga erishdi. Fransiyalik hujumchi yaqin yillarda fenomenal o‘yinlar namoyish etib kelmoqda. Uning YECHL pley-offidagi harakatlari taxsinga sazovardir. Benzema so‘nggi 21 ta YECHL o‘yinlarida 21 ta gol urgan.

2. Lionel Messi – 49 ta gol

YECHL pley-offida ilk bahs Messi uchun "Chelsi"ga qarshi, 2006 yilda bo‘lib o‘tadi. Shundan beri argentinalik daho butun Yevropani o‘z harakatlari bilan dahshatga solib kelmoqda. U YECHLning yakuniy bosqichlarida 49 ta golga mualliflik qildi. Ammo u harakat qilayotga "PSJ" so‘nggi ikki yilda "Real" va "Bavariya" to‘sig‘idan o‘ta olmay, turnirni tark etgandi.

1. Krishtianu Ronaldu – 67 ta gol

Ronaldu YECHLdagi dastlabki 30 ta o‘yinida darvozani ishg‘ol qila olmagan. Uning ilk goli 2007 yilda, "MYU" va "Roma" bahsida yuz beradi. Shundan keyin hammasi boshlandi. Portugaliyalik afsona YECHL tarixidagi eng yaxshi to‘purar va qatnashchi hisoblanadi. Ronalduning 140 ta goli YECHLda yuz bergan bo‘lsa, hujumchi, shulardan 67 foizini aynan pley-off uchrashuvlarida kiritgan. Ular ichida 2008, 2014 va 2017 yillarda kiritilgan final gollari ham bor.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 18:06, 13.04.2023.
O'qildi: 3144 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.