Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 20:15 Fulhem - Liverpul
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

Superkompyuter "Arsenal" ochkolar yo‘qotganidan keyin APL yakuniy jadvalini taxmin qildi. Unda chempion o‘zgargan, YECHL uchun kurash avjida

Superkompyuter "Arsenal" ochkolar yo‘qotganidan keyin APL yakuniy jadvalini taxmin qildi. Unda chempion o‘zgargan, YECHL uchun kurash avjida

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi ichki chempionatda avgust oyidan beri yetakchilik qilib kelayotgan edi. Ammo so‘nggi ikki tur, jamoa uchun omadsiz kechdi. "Liverpul" va "Vest Xem" maydonlariga safarlar chog‘ida Mikel Arteta shogirdlari tayyor g‘alabalarni qo‘ldan chiqarib, jami 4 ochko yo‘qotishdi. Natijada, oradagi farq qisqarib ketdi. Ayni damda "Arsenal" "Manchester Siti"dan bir hafta oldingidek, 8 ochko emas, balki 4 ochko oldinda xolos. Pep Gvardiola yigitlarining qo‘lida bitta zahira o‘yini bor bo‘lib, ularni "Arsenal" bilan o‘zaro hisob-kitob ham kutib turibdi. 26 aprel kuni chempion kim bo‘lishi, katta ehtimol bilan hal qilinadi.

"Arsenal" qayd etgan ketma-ket duranglar amaldagi chempionlarga qo‘l keldi deyish mumkin. Ular endi chempionlikni himoya qilish uchun yaxshi imkoniyatga egalar. So‘nggi turda, shuningdek, YECHL uchun kurash olib borayotgan "Nyukasl" va "Tottenxem" mag‘lubiyatga uchradi. APLda qolish uchun harakat qilayotgan "Lester Siti" "Everton" va "Nottingem Forest" jamoalari ham muhim ochkolardan quruq qoldi. Mana shunday holatda, yana superkompyuter prognozlariga tayanamiz. Maxsus algoritmli qurilma so‘nggi turdagi natijalarni tahlil qilib chiqqan holda xulosalar berdi. Unga ko‘ra, endi chempion nomi o‘zgaradi. "Manchester Siti" 38 turdan keyin o‘ta kichik farq bilan musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritadi. Ammo bu g‘oliblik ochkolar hisobiga bo‘lmaydi. Ikki da’vogarni turnir so‘ngida faqatgina to‘plar nisbatigina ajratadi. Unda "shaharliklar" o‘z raqibidan ko‘proq gol urgan holda, kamroq gol o‘tkazgan bo‘ladi. Natijada, Gvardiola Angliyadagi oxirgi 6 yilda beshinchi chempionligini nishonlaydi.

Kuchli to‘rtlik uchun kurashda o‘zgarish bo‘lmasligi kutilmoqda. "Manchester Yunayted" ham, "Nyukasl" ham hozir va may oylari oralig‘ida o‘z pozisiyalarini saqlab qolishi ko‘zda tutilgan. Ammo umumiy yevrokuboklar borasida biroz o‘zgarish bo‘ladi. Kutilmaganda, "Brayton" sakkiz tur ichida "Tottenxem"dan o‘zib ketib, beshinchi o‘ringa chiqib oladi va Yevropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Konferensiyalar ligasida o‘ynashga imkon beruvchi yettinchi o‘rin esa "Liverpul"ga nasib etishi aytilgan.
Shunday paytda e’tiborni jadvalning ikkinchi yakuniga qaratamiz. "Manchester Siti"dan uchralgan mag‘lubiyat sababli "Lester" APLdan quruq qolishi mumkin. Ammo superkompyuter taxminlarida unday emas. "Tulkilar" bir amallab elitada jon saqlab qoladi.

Din Smit jamoasi APLda qolish bilan bir paytda, boshqa bir klub turnirni tark etadi. Bu Shon Daychning "Everton"idir. Liverpulliklar o‘tgan mavsumda ham Chempionship domidan zo‘rg‘a qurulib qolgandi. Bu safar unday bo‘lmaydi. "Everton", "Nottingem" va "Sautgempton"ga qo‘shilgan holda quyi ligaga yo‘l oladi. Hozirda so‘nggi beshta o‘rinda turgan klublarni atigi 6 ochkogina ajratib turibdi. Kelayotgan turda ayrim o‘yinlar borki, ularning o‘rni juda katta, olti ochkoga teng bahslardir. Bunga misol tariqasida "Arsenal" - "Sautgempton", "Kristal Pelas" - "Everton", "Liverpul" - "Nottingem", "Nyukasl" va "Tottenxem" to‘qnashuvlarini keltirish mumkin.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 08:31, 18.04.2023.
O'qildi: 6694 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.