Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Prevyu. “Olimpiya” – “Navbahor”

Prevyu. “Olimpiya” – “Navbahor”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca Cola kubogi “F” guruhining 1-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “Olimpiya” mehmoni bo‘ladi.

Mazkur jamoa yangi tashkil etilganligi bois, “lochinlar”ning bo‘lajak raqibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.

“Olimpiya” “Odil Ahmedov football academy” hamda Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etildi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) esa o‘z Ustavi asosida mazkur jamoani Birinchi liga musobaqasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi.

O‘zPFLning bu haqdagi bayonotida jumladan, shunday satrlar keltirilgan:

- Liga Ustavining 4.3-bandida u o‘z tashabbusi bilan bolalar-o‘smirlar futbolini rivojlantirayotgan, futbol sohasiga xususiy investisiyalarni kiritayotgan hamda xususiy sektor tomonidan tashkil etilgan futbol klublarini kirish badalini to‘lash sharti bilan qatnashchilar safiga qabul qilishi mumkin ekanligi belgilangan. Odil Ahmedov futbol akademiyasida ayni vaqtda 9 yosh toifasidagi jamoalar mavjud bo‘lib, ular so‘nggi yillarda muntazam ravishda respublika musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda. 5 yil davomida mazkur maktab bolalar-o‘smirlar futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lib ulgurganligini uning tarbiyalanuvchilari turli yoshdagi O‘zbekiston terma jamoalariga jalb qilinayotgani, bir nechta tarbiyalanuvchi esa allaqachon professional shartnoma imzolashga ulgurganligi bilan izohlash mumkin.

Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bilan o‘zaro memorandum asosida akademiyaning bir qator futbolchilari mazkur markazda tahsil oladi. Shuningdek, akademiya markaz sport bazasidan foydalanish shartida uning infrastrukturasiga investisiya kiritib keladi. Endilikda hamkorlik natijasida yosh futbolchilar Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarga qadam qo‘yadi. “Olimpiya” Birinchi ligadan tashqari, O‘zbekiston kubogi musobaqasida ham ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Professional futbol ligasi “Olimpiya” futbol jamoasining kelgusi faoliyatiga omad tilaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Olimpiya” – “Navbahor” o‘yini 19 aprel kuni Toshkentdagi ROZK stadionida soat 16:45 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:13, 18.04.2023.
O'qildi: 1152 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.